• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Kasalligi sabab futbolchi bo‘lolmagan, muxlisasiga uylangan va efirdan chetlashtirilgan Davron Kabulov 37 yoshda (foto)

    Davron Kabulov o‘zbek shou-biznesida nafaqat shoumen, balki ishning ko‘zini biladigan tadbirkor sifatida ham tanilgan. “Million” va “Kosmos” jamoalarining rahbari bo‘lgan Davron Kabulov tadbirkorlikda ham talaygina yutuqlarga erishgan. Xo‘sh, uning omad siri nimada, umuman, o‘zbek shou-biznesiga kirib kelish jarayonlari qanday kechgan. Keling, hammasi haqida batafsil maʼlumot beramiz.

    “Bozorda olcha sotardik”

    Davron Kabulov Toshkent shahrida, ishchilar oilasida dunyoga kelgan. Buvisining erta o‘limi sabab uni bobosining tarbiyasiga berishgan. Boboga ermak bo‘lgan nabira bolalikdan mehnatga o‘rgangan.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — Yon qo‘shnimiz boshqa millat vakili edi. U elchixonada ishlagani uchun tomorqasiga eʼtibor berolmasdi. Bobom rahmatli o‘zimiznikiga qo‘shib qo‘shnimizning bog‘iga ham olcha daraxtini ekkandi. Har yili 13 tup olcha daraxtining mevalarini terib, bozorga olib borib sotardik. Bobom “Sharq yulduzi” jurnalini o‘qishni yaxshi ko‘rardi. Tokchalaridan gazeta, kitob va jurnallar arimasdi. Barcha bolalar singari men ham sho‘x va o‘yinqaroq bo‘lganman. Baholarim faqat aʼlo bo‘lmasa ham, ustozlarim bilan tez til topishib ketardim. Chunki tengdoshlarimga nisbatan fikrlarim ancha teran bo‘lgan. Albatta, bunda bobomning hissasi katta bo‘lgan, — deydi Davron Kabulov.

    “Kasallik sabab futboldan ketganman”

    Davron Kabulov bolalikdan futbolchi bo‘lishni orzu qilgan. Afsuski, kasallik sabab shifokor unga futbol o‘ynashni man qilgan.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — Bolaligimdan sanʼatkor bo‘laman, deb niyat qilmaganman. Ammo esimni taniganimdan buyon futbolchi bo‘lishni orzu qilardim. Afsuski, 14 yoshimda ko‘kyo‘tal kasalligiga chalinganman. Shifokorlar bir yilga qadar futbol o‘ynashni va yugurishni taqiqlab qo‘yishgan. Afsuski, cheklov davridan so‘ng futbolni o‘ynashga bo‘lgan ishtiyoqim ancha sustlashgan. Ammo bu sport sharhlovchisi bo‘lishimga katta hissa qo‘shgan, — deydi Davron Kabulov.

    “Dadam katta qarzga botgan”

    Ko‘pchilik Davron Kabulovni badavlat inson deb biladi. Ammo uning oilasi ham qiyin moliyaviy kunlarni boshidan o‘tkazgan.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — 1994-yil oilamiz uchun juda og‘ir kechgan. Buvim vafot etgan. Oradan ko‘p o‘tmay uyimizda yong‘in chiqib, bor-budimiz alanga ichida qolgan. O‘sha kunga qadar dadam tadbirkorlik bilan shug‘ullanar edi. Birdan ishlari orqaga ketib, 140 ming AQSH dollari miqdorda qarzga botgan. O‘sha paytda poytaxt markazi bo‘lgan “Oybek” metrosi tomondan 2-3 ming AQSH dollariga uy olsa bo‘ladigan paytlar edi. Endi qarzning qanchalik katta ekanligini tasavvur qilavering. Qarzni to‘lash kerak, deb o‘zimni ko‘p narsalardan cheklardim, — deydi Davron Kabulov.

    “Pul to‘lab o‘qimayman, deganman”

    Davron Kabulov bilan suhbatlashgan inson uning ilmli inson ekanligini darhol payqaydi. Boshqa hamkasblaridan farqli ravishda, u kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi. Institutga ham grant asosida o‘qishga qabul qilingan.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olganman. O‘qishga kirish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rganman. Oilamning moddiy ahvolini bilganim uchun “Agar kontrakt asosida o‘qishga kirsam, o‘qimayman”, deb o‘z-o‘zimga vaʼda bergandim. Shuning uchun imtihonga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganman. Tarixdan 36 ta, ona tili va adabiyot fanidan esa 33 ta testni to‘g‘ri topganman. Ingliz tilidan ancha sust edim, 18 tagina to‘g‘ri javob topganman. U paytdagi universitetlarga kirish ballari ancha yuqori edi. “Oilamni qiyin vaziyatdan olib chiqaman”, degan qatʼiy qarorim sabab eng yuqori ballni olib, talaba bo‘lganman, — deydi Davron Kabulov.

    “Men Eldor Mustafoyevdan yaxshiroq sharhlayman”

    Davron Kabulov tasodifan sport sharhlovchisi bo‘lgani haqida ham so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — Aʼlochi talaba bo‘lmaganman, ammo o‘z fikrimni aytishni, bahslashishni yaxshi ko‘rardim. 86 ta talaba o‘tiradigan auditoriyada orqadagi o‘rindiqqa o‘tirib, qo‘shimchasiga ikki oyog‘imning tagiga ham alohida stullar qo‘yib qo‘yardim. Bir kuni ustozimiz sport jurnalistikasi haqida mavzu o‘tayotganda sharhlovchi Eldor Mustafoyev haqida gap ochgan. Tasodifan “Men futbolni undan yaxshiroq sharhlayman”, deb yuborganman. “Qani o‘rningdan turchi, haqiqatan futbolni yaxshi sharhlaysanmi?” degan. Ishonch bilan ha deganimdan keyin ikki kundan keyin televideniyega kelishimni tayinlagan. Keyin bilsam, u ustoz universitetdan tashqari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida ham ishlar ekan. Farhod Ro‘ziyev direktorning 1-o‘rinbosari bo‘lib ishlarkan, tezda yoniga sport bo‘limi muharrirlarini chaqirib, “Bu bolaga bir tekst o‘qitib ko‘ringlar”, degan. Bolalikdan sportni kuzatganim uchun ular berayotgan savollar umuman qiyinchilik tug‘dirmagan, — deydi Davron Kabulov.

    “Ishga kirolmaysan, deyishgandi”

    Davron Kabulov hayotida ham hammasi oson kechmagan. U radioga ishga olinmagan kunlarini kulib eslaydi.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — Universitetda o‘qiyotgan paytimda radioboshlovchilikka qiziqib qolganman. “Poytaxt” radiosiga ishga olishmagan. “Ovozing yaxshi-ku, ammo talaffuzing xato deyishgan. Hatto qo‘shimchasiga “Bu kamchilik bilan seni hech qayerga ishga olishmaydi”, deb yupatib ham qo‘yishgan. Sport xabarlari redaksiyasiga ishga kirganimdan keyin diktorlar o‘qigan qog‘ozlarni uyga olib kelib, har kuni kechqurun matnlarni o‘qishni mashq qilardim, — deydi Davron Kabulov.

    “Efirdan chetlatib, jazolashgan”

    Davron Kabulov avvaldan cho‘rtkesar bo‘lgani, jonli efirda o‘ylamay gapirib yuborganlari uchun efirdan chetlatilgani haqida gapirib berdi.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — Futbolni bor-yo‘g‘i 3-marta sharhlash baxtiga musharraf bo‘lganman. Oxirgi jonli efirda qovun tushirganimdan keyin meni 3 oyga efirdan chetlatishgan. 2006-yildan to 2012-yilga qadar televideniyeda ishladim. “Million” jamoasi tashkil etilganidan keyin bor eʼtiborimni unga qaratishga qaror qilganman. Chunki televideniyedagi “aytish mumkin emas” gaplarni aytmasligimga javob berolmasdim, — deydi Davron Kabulov.

    “Ayolimni 614 ta qiz ichidan tanlab olganman”

    Davron Kabulov turmush qurishidan oldin 614 ta qizning nomzodini ko‘rib chiqqan. U “Muhabbat qissalari” ko‘rsatuviga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i uning muxlisi bo‘lgani haqida gapirgan.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — “Afro‘z” guruhining aʼzosi Jamshidning to‘yida bitta qiz dugonalari bilan rasmga tushsak bo‘ladimi, deb oldimga kelgan. Bizni rasmga olayotgan qizga “Sen ham tushib ol”, degan. Muxlisim bo‘lganini to‘ydan to‘rt oy o‘tib aytgan. Men sezmaganman buni, chunki uchrashgan paytlarimizda ham meni tanishiga ishonmaganman. Ayolimni 614 ta qiz ichidan tanlab olganman, — deydi Davron Kabulov.

    To‘ylardagi gonorari qancha?

    Foto: “Daryo”

    Davron Kabulovning to‘ylardagi gonorar summasi 600 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ko‘pchilik “Million” jamoasini to‘ylarga taklif qiladi. Ammo Davron Kabulov jamoaning to‘ylarda ishtirok etishini unchalik yoqtirmaydi. Bundan tashqari, jamoaning boshqa sanʼatkorlarning konsert dasturida ishtirok etishi ham jumboqli masala. Mish-mishlarga qaraganda, “Bravo” jamoasi aʼzolarining ajralib chiqishiga ham shu masala sabab bo‘lgan. Yaʼni to‘rt aʼzo Davron Kabulovni ogohlantirmay, bir xonandaning konsert dasturida sahnaga chiqishgan. Bundan Davron Kabulov ranjigan va ularni “Million”dan chetlashtirgan.

    Tadbirkorlikka qanday ulguradi?

    Davron Kabulov sanʼatdan tashqari, tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanadi. U suhbat davomida nega erkaklar kiyim do‘konini yopgani va yangi ochilgan xususiy mehmonxonasi haqida ham aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — Ishlab chiqarishni to‘xtatganimiz yo‘q, shunchaki hozircha erkaklar kiyim do‘koni ishlamayapti, xolos. Buning asosiy sababi ishni yurita oladigan yaxshi menejerga yolchimadik. O‘zim jismonan hamma ishga ulgurmayman. Bitta menejerning qo‘li “tormoz”, boshqasi esa ishni umuman yuritolmadi. Xullas, o‘zimizni ham, brendni ham qiynagandan ko‘ra, ishni vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qildik. Mahsulotlar ishlab chiqarilyapti va asosan onlayn savdo orqali mijozlarga yetkazib berilyapti. Uzoq yillar davomida jahon talablariga javob beradigan xususiy mehmonxona qurdim. Daromadimni unga sarflaganim uchun ham u uzoq vaqt davomida qurildi. Hozircha biznesdagi bor eʼtiborimni unga qaratyapman, — deydi Davron Kabulov.

    “Mehmonxona ishi bo‘yicha sudlashuv”

    Davron Kabulov mehmonxona biznesi to‘liq ishga tushmay muammolarga uchragani haqida “Daryo”ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    — O‘tgan yili avgust oyida shaxsiy mehmonxonamiz ishga tushdi. Ikki yarim oy ishlagandan keyin Yakkasaroy gaz taʼminoti Prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birga kelib, mehmonxonani nishonga olishdi. Ikki yillik davr uchun 387 million so‘m jarima qo‘llashdi. Undan keyin ham olti oyga yaqin vaqt o‘tdi, ammo hali mehmonxona buncha daromad topgani yo‘q. Menimcha, ular tadbirkorlarni shu tarzda “qo‘llab-quvvatlashyapti”.

    Dadam mehmonxonaga gaz taʼminoti ulangandan keyin AQSHga ketdilar. Ammo u paytda hali mehmonxona ishga tushmagan edi. Yaʼni AQSHga ketmasdan avval sertifikat olish, GOST standartidan o‘tkazish kabi ishlarni amalga oshirib, mehmonxona ishga tushgandan keyin tuman gaz taʼminoti bilan shartnoma tuzib, gazni ulash kerak bo‘lgan. Ammo u jarayonda dadam Toshkentga bo‘lmaganlar. Ungacha bo‘lgan davrda mehmonxona ishlamaganini hamma biladi. Gaz taʼminoti esa ularga ariza topshirgan vaqtimizdan to bugungi kungacha bo‘lgan davrda quvurdan qancha gaz o‘tishi mumkin bo‘lsa, o‘shancha mablag‘ni hisoblab berishdi. Bu xuddi qishda ham yozda ham kuniga 24 soat tinimsiz gazdan foydalanilgan, degandek gap.

    Eshitishim bo‘yicha, ularning shunday biznesi bor ekan. Yaʼni bir-ikki so‘mini olib, gazni chiqarib berishar ekanda, keyin tadbirkorlardan pulini undirib olishar ekan. Hozir shu ish bo‘yicha sud jarayonlari ketyapti, — deydi Davron Kabulov.

    Foto: Instagram / @davron_kabulov

    Davron Kabulov yaxshi ijodkor bo‘lish bilan birga, mehribon ota bo‘lishga ham intiladi. U ikki qiz va bir o‘g‘ilning otasi. Ishdan bo‘sh vaqtlarida farzandlariga vaqt ajratishi va ular bilan o‘yingohlarga borgani haqidagi videolarni Instagram tarmog‘iga joylaydi.

    21.06.2024, 14:40   Izoh (0)   126391
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kosmos”dan “Million” va “Dizayn”ning saviyasidagi konsertni kutish kerak emas — Davron Kabulov o‘zi prodyusserlik qilgan jamoaning raqobatchi bo‘lishidan qo‘rqadi...

    12.10.2023, 14:50

    Instagram: Davron Kabulov xonadonida bayram, Munisa Rizayeva mashinasini sotmoqda, Jasur Umirov ilk marta ota bo‘ladi

    27.10.2023, 22:15

    “Mehmonxona ishi bo‘yicha sudlashyapman” — Davron Kabulov tuman gaz ta’minotining ishidan noroziligi va “Million”ning sinishini kutayotganlar haqida gapirdi (video...

    01.04.2024, 14:50

    “Million”ning eski tarkibi qachondir birlashishi mumkinmi? Davron Kabulov ushbu savolga javob berdi (video) 

    16.04.2024, 21:40

    Instagram: Dubaydan uy xarid qilgan Botir Qodirov, onasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan Davron Kabulov, Maryam Tillayevaning 480 mln so‘mlik obrazi

    23.05.2024, 10:50

    Instagram: Yorqinxo‘ja Umarov farzandli bo‘ldi, Gulasal Abdullayeva poytaxtdan hashamatli hovli xarid qildi, Davron Kabulov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda

    16.06.2024, 19:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.