Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 13,74 so‘mga pastlab, 12 916,18 so‘m bo‘ldi;
- yevro 26,99 so‘mga oshib, 13 523,24 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,35 so‘mga ko‘tarilib, 147,60 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket besh kun pastlab, 12 929,92 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursi 14-fevral kuni birinchi marta 13 000 so‘mdan oshgandi.
Markaziy bank raisi Timur Ishmetovga ko‘ra, 2025-yilda nominal valyuta kursida keskin o‘zgarish bo‘lishi kutilmayapti. 2024-yilda so‘m dollarga nisbatan 4,7 foiz qadrsizlangan. 2023-yilda so‘m AQSH valyutasiga nisbatan 9,7 foizga, 2022-yilda 3,94 foizga zaiflashgandi.
Izoh (0)