Buxoro viloyatidagi magistral gaz quvurida gaz sizib chiqib, yong‘in sodir bo‘lgandi. Energetika vazirligi metan zapravkalar hozirgi rejimda ishlashda davom etishini ma’lum qildi.
![](/static/2025/02/10/photo_2022-01-20_10-39-53-tEyb3Be2.jpg)
“Qo‘shimcha o‘rganishlardan so‘ng, Respublikaning barcha hududlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari avvaldan viloyat hokimliklari bilan kelishilgan tartibda, hozirgi rejimda ishlashda davom etishi belgilandi. Yaʼni, ularning faoliyati hududlardagi talab hamda gaz quvurlaridagi bosimdan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘yiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Avariya 10-fеvral kuni soat 11:26 da, “Gazli” magistral gaz quvurlari boshqarmasining diamеtri 1020 mm bo‘lgan 26 kg bosim ostidagi “Buxoro-Ural” MGQning yеr ostidan o‘tgan 106 kilometrida sodir bo‘lgandi. Hozirda avariya to‘liq bartaraf etilgan, tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Energetika vazirligi avariya natijasida metan to‘ldirish shoxobchalari yopilishi (cheklovlar kiritilishi) haqida xabar bergandi, ko‘p o‘tmay bu xabar o‘chirib tashlandi. Vazirlik bunga izoh berib, avval berilgan ma’lumot qayta tahrirlanganini, bu masalada biron-bir o‘zgarish bo‘lsa, jamoatchilikka qo‘shimcha maʼlumot berilishini bildirdi.
Izoh (0)