• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya armiyasi Donetskdagi yana bir qishloq bosib olinganini da’vo qilmoqda

    Donetsk viloyatining Velikaya Novoselka qishlog‘i rossiyaliklar nazoratiga o‘tgan bo‘lishi mumkin. Amerika urushni o‘rganish instituti, agar Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan bildirilgan mazkur da’vo tasdiqlansa, rus armiyasida hujum harakatlarini davom ettirish uchun bir nechta variant paydo bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda ISW’ning navbatdagi hisobotida so‘z boradi. 

    “Velikaya Novoselka bir nechta daryolar bo‘yida joylashgan bo‘lib, Rossiya armiyasining kelgusi taktik harakatlarini qiyinlashtirishi mumkin. Qolaversa, murakkab relyef sabab rus qo‘shinlarining hudud qo‘lga kiritilgandan keyin G‘arbiy Donetsk yo‘nalishi bo‘ylab operatsion yutuqlarga erishish imkoniyati ham pasayadi”, deb yozadi ISW.
    Rossiya askarlari vayron qilingan bino oldida
    Foto: “TASS”

    Hisobotda yozilishicha, ruslar aholi punktini egallab olgandan keyin qanday harakat qilishi borasida bir nechta taxminlar mavjud.

    Birinchi variant: Rossiya harbiy qo‘mondonligi Donetsk viloyatining g‘arbida o‘z bo‘linmalarini saqlab qolib, Donetsk va Dnepropetrovsk viloyatlari ma’muriy chegarasi tomon hujumni davom ettirishga qaror qilishi mumkin. Bu Rossiya uchun ma’muriy chegaraga iloji boricha tezroq yetib borish boshqa yo‘nalishlardagi hujumlardan ko‘ra muhimroq ekanini anglatadi.

    Ikkinchi variant: Rossiya qo‘mondonligi Velikaya Novoselka yaqinida ayrim kuchlarni saqlab, cheklangan hujumlarni davom ettirish orqali Ukraina qo‘shinlarini bu hududda band qilib turishi mumkin. Shu bilan birga, o‘z kuchlarining asosiy qismini boshqa front chizig‘iga ko‘chirish ehtimoli ham mavjud.

    “Rossiya qo‘shinlari hozirda Kupyansk, Borovoy, Chasov Yar, Toretsk va Pokrovsk yo‘nalishlarida hujum operatsiyalarini kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, ular Ukraina kuchlarining Kuraxov yo‘nalishi va Kursk viloyatidagi qoldiqlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanmoqda”, deb yozadi tahlilchilar.

    Uchinchi variant: Ukraina rasmiylari Rossiya joriy yili Zaporojye viloyatida intensiv jangovar harakatlarni qayta boshlashga urg‘u berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    Tahlilchilarning fikricha, Rossiya harbiy qo‘mondonligi o‘z kuchlarini sanalgan yo‘nalishlarning istalganiga tashlashi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, Rossiya qo‘mondonligining bahor va yoz mavsumi uchun ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib beradi.

    Velikaya Novoselkada nimga gap?

    Rossiya qo‘mondonligi Donetsk viloyatida joylashgan qishloqni to‘liq egallaganini da’vo qilmoqda. RF Mudofaa vazirligi mazkur aholi punktida yozib olingani aytilgan videoni e’lon qildi. Unda askarlar bino tomiga o‘z bayroqlarini o‘rnatayotganini ko‘rish mumkin.

    Ammo Ukraina Qurolli kuchlarining Donbassga mas’ul “Xortitsa” operativ-strategik guruhiga ko‘ra, mazkur aholi punkti uchun janglar davom etyapti.

    Ukraina quruqlik kuchlari 110-brigada vakillari ta’kidlashicha, Rossiya Velikaya Novoselkadan so‘ng hujumni davom ettira olmaydi, chunki ular qiyin to‘siq — Mokriye Yali daryosi bilan to‘qnash kelgan.

    27 yanvar, 16:40   Izoh (0)   2953
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ukraina#Rossiya#urush

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20

    Qadimgi Misr diyetasi: mashhur piramidalar quruvchilari qanday ovqatlangan?

    Layfstayl | 18 iyul, 22:05

    Bir qator mamlakatlarda Google ishida uzilishlar yuz berdi

    Dunyo | 18 iyul, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.