• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sukunat spirali yoxud Galileyning tavbasi, eshakka topinish va yakkalanishdan qo‘rqish haqida

    Esingizda bo‘lsa, Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asarida qishloq ahli “Uzunquloq ota”ni pir bilib, qabrini tinmay ziyorat qiladi, qiyinchilikdan najot, kasallikdan shifo so‘raydi, faqat bir siqim odam bunga shubha qiladi, ammo ular fikrini ochiq aytishga, “hoy, baraka topgurlar, lahadda muqaddas zot emas, harom o‘lgan qari eshak yotibdi”, deyishga yuragi dov bermaydi, boshqalar ko‘zi uchun duo o‘qib ham qo‘yaveradi.

    Real hayotga qaytsak. Shuncha targ‘ibot-u hukumat qarorlariga qaramay, yillab yig‘gan-terganimizni bitta to‘yda sochib yuborishni to‘xtatmayapmiz, ichimizda siqilib tursak ham, qulog‘imizgacha qarzga botsak ham, yuzlab tekinxo‘rlarga qozon-qozon osh damlamasak, o‘zimizni xuddi kamsitilgandek, yakkalanib qolayotgandek his qilaveramiz.

    Xo‘sh, nega?

    Qanday qilib jamiyatda bir fikr boshqasidan ildamlab ketadi, kim yoki nima bizni “ko‘pchilik” yoki ko‘pchilik bo‘lib ko‘ringan illyuziya ortidan ergashishga, qo‘pol qilib aytganda “eshakka sig‘inish”ga majbur qiladi?

    Konsepsiyaning tug‘ilishi

    1965-yili Germaniyadagi parlament saylovlarida asosan Xristian-demokratlar ittifoqi (XDI) va Olmon sotsial-demokratik partiyasi (OSDP) raqobatlashadi. Har ikkisining ham tarafdorlari yetarli, kurash teng kechayotgan edi. Ammo o‘sha yili may oyida Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tashrifi bu manzarani butunlay o‘zgartirib yuboradi.

    Ya’ni qirolichaga nemis yurtida XDI vakili Lyudvig Erxard hamrohlik qiladi. Bu esa ayni partiya tarafdorlariga jur’at bag‘ishlab, go‘yoki ularni hamma ma’qullayotgandek hissiyot uyg‘onadi, shu bois ovozlari raqibnikidan balandroq yangraydi, ommaviy axborot vositalarida siyosiy qarashlari haqida yanada ko‘proq, dadilroq, tetikroq gapira boshlaydi. Shundan bo‘lsa kerak, kampaniya poyonida ittifoqchilarga ergashuvchilar 50 foizga oshadi, aksincha OSDPga “sodiqlar” 40 foizgacha kamayib ketadi.

    Germaniyalik jurnalist va politolog Elizabet Noel-Noyman saylov poygasidagi kutilmagan dinamik o‘zgarishni o‘zining “Sukunat spirali” konsepsiyasi bilan izohlaydi. Unga ko‘ra, agar odam biron mavzu yoki g‘oyada kamchilik ekanini his qilsa, mulohazalarini ochiq aytishga ikkilanadi — masxara qilishlari, jazolashlari, yakkalab qo‘yishlaridan qo‘rqadi. Va aksincha, muayyan fikr jamiyatda ko‘proq ma’qullanayotgani/ommalashayotganiga ishonsa (yoki unga shunday tuyulsa), tap tortmasdan, oshkora qo‘llab-quvvatlaydi.

    “Ushbu psixologik ta’sir ko‘pchilikning fikri jamiyatda eng ommabop ekani haqidagi illyuziyani keltirib chiqaradi. Aslida bunday bo‘lmasligi ham mumkin. Shu sababdan ijtimoiy so‘rov natijalariga zid ravishda, mashhur bo‘lmagan siyosatchilar va partiyalar ham, agar go‘yoki ularni keng jamoatchilik qo‘llab-quvvatlaydi, degan illyuziyani yarata olsalar, g‘alaba qozonishi mumkin”, deb yozgan edi Noyman “Jamoatchilik fikri. Sukunat spiralining paydo bo‘lishi” kitobida.

    Spiral qanday ishlaydi?

    Muayyan masala bo‘yicha hukmron fikr muhiti, axborot tanqisligi va albatta yakkalanishdan xavotir sukunat spiralining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

    Yaxshiroq tushunish uchun o‘rta asrlarga borib kelsak: o‘sha davrlar Yevropasida “Yer tep-tekis, aylanmaydi, quyoshning o‘zi uning atrofida girdikapalak”, degan qarash, ya’ni umumiy fikr ustun bo‘lgan. Avomda yetarli axborot yo‘q, o‘sha payt uchun “ommaviy axborot vositasi” vazifasini o‘tagan cherkovlar ham ayni nuqtayi nazarni targ‘ib qilgan.

    Albatta, o‘rta asr — g‘arbda “Uyg‘onish davri” edi. Ya’ni “yo‘g‘-e, Yer aylansa kerak, kun-tun almashishi qayerdan?” deb o‘ylovchilar, Yerni toshbaqa ko‘tarib turganiga shubha qiluvchilar, o‘tirvolib quyosh harakatini kuzatganlar kam bo‘lmagan. Ammo hamma ham bu haqda yurak yutib gapirmagan, gulxanga tashlanishdan, olomon tupugi ostida qolishdan, “teleskopingni olib nariroqda o‘yna” deb ajratib qo‘yishlaridan qo‘rqqan.

    Shunday qilib, spiral aylanishi boshlanadi. Fikrlari “trend”dagi qarashlarga teskari bo‘lgan kishilar uning eng pastki qismida joylashadi. Har bir aylanadan so‘ng ikki tomon ham geometrik progressiyada o‘zgaradi: ko‘pchilik tobora kengayib, kuchayib borsa, kamchilik zaiflashib, sukutga cho‘madi.

    Nima uchun Yerning yassi ekanligi to‘g‘risidagi g‘oya yaqin-yaqingacha ham yashab kelgani, o‘z davrining dahosi Galiley ham qulog‘i tinchishi, atrofidagilar bilan san-manga bormaslik uchun “jin urgur, aylanmasa aylanmas” deganini tushundingiz, menimcha.

    Hammasi “amma-tog‘aning gapi”dan boshlanadi

    Politolog Simona Andrisenkoga ko‘ra, sukunat spiraliga tushib qolgan inson bir nechta bosqichdan o‘tadi:

    1. O‘zgalarning fikriga quloq tuta boshlaydi. Jamiyatda biron-bir bahsli mavzu — qarama-qarshilik yuzaga kelsa va tanlov qilish kerak bo‘lsa, kishilar eng avvalo atrofidagilarni eshitishga tutinadi. Deylik, mavzuni Rossiya-Ukraina ziddiyati, deb olsak, shartli Eshmat ulfatlari nima deyotgani, amma-tog‘alari qay fikrda ekaniga qiziqadi.
    2. Bir toifada ishonch ortadi, boshqasida — bezovtalik. Agar kimdir uning shaxsiy qarashlariga mos ta’limot, deylik, “Rossiya to‘g‘ri qilayotgani” haqidagi fikr ommalashayotganini payqasa, o‘ziga bo‘lgan ishonch oshadi. Aksincha, kimgadir uning pozitsiyasi — “Ukraina jabrdiyda ekani” ko‘p ham quvvatlanmayotgandek tuyulsa, ehtiyotkorlik bilan gapira boshlaydi.
    3. Bir toifa o‘zining tarafini ommaga ochiq aytadi, boshqasi — sukut saqlaydi. Ya’ni “Rossiya tarafdorlari” OAVda baralla bayonotlar beradi, turli postlar ostida izohlar yog‘diradi, xullas, og‘zi-qo‘li tinmaydi. Bu esa mazkur qarashni asliyatga zid ravishda “ommalashgan” qilib ko‘rsatadi. Narigi tomon borgan sari kamroq fikr bildiradi, go‘yoki jamiyatda ularning ovozi o‘chgandek ko‘rinadi. Vaholanki, “ukrainparastlar” juda ko‘p bo‘lishi ham mumkin, biroq ular shunchaki unini chiqarmay qo‘yadi.
    4. “Sukunat spirali” aylanadi va umumiy konsensus haqida yolg‘on taassurot shakllanadi. Odamlar ijtimoiy izolyatsiyadan qochish uchun “ko‘pchilik” qatoriga (nomiga bo‘lsa ham) o‘ta boshlaydi.

    OAV, ijtimoiy tarmoqlar va “aks-sado hujrasi”

    Shimoldagi bahaybat davlatning ko‘p millionlik Telegram kanalida yaqinda shunday xabar chiqdi: ayol bolasini toza havoda sayr qildirib yurganda, bir bomjsifat piyonista go‘dakni o‘g‘irlashga urinadi. Ona shokka tushadi. Shunda qayerdandir paydo bo‘lgan qoraqosh kuryer yigit turqi sovuq manyakka musht tushiradi, tavbasiga tayantiradi. Bolani onasiga qaytaradi. Xullas, qahramonlik ko‘rsatadi, lekin...

    Hozir sukunat spiralining dastagi, tabiiyki, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar iznida. Jamoatchilik fikrining shakllanishida hal qiluvchi so‘zni ham ular aytadi. Zamonaviy media — spiral dinamikasini keskin o‘zgartirish, muayyan siyosiy maqsadlar uchun “kerakli” deb hisoblangan narrativlarga urg‘u berish va aksincha unga zid qarashlarni e’tiborsiz qoldirish, shu orqali umumiy diskursda faqat yagona nuqtayi nazar hukmron degan yolg‘on tasavvur paydo qilish qudratiga ega.

    Masalan, keyingi paytlarda shimoldagi o‘sha bahaybat davlat mediasida markaziy osiyolik mehnat muhojirlarini olabo‘ji qilib ko‘rsatish, qilgan/qilmagan jinoyatlari haqida bo‘rttirib gapirish urfda, kimningdir mushugi ovqatdan zaharlanib o‘lsa ham, kimdir xudo urib ko‘rkamroq juvonga gap otib qo‘ysa ham xabarlar “la’nati migrantlar” tezisidan kelib chiqib yoritilyapti.

    Ijtimoiy tarmoqlarning algoritmik xususiyati, tabiiyki, spiral diametrini kengaytiradi, layk, izoh, bo‘lishish kabi funksiyalar ayni mavzuni trendda ushlab turadi, foydalanuvchilar “aks-sado hujralari”da uzoqroq o‘tirib qoladi, ya’ni platformalar ularga qarama-qarshi fikrlarni deyarli taqdim etmaydi, istisno holatlar esa kiberbullingga uchraydi, natijada jamoatchilikda “migrantlar o‘g‘ri, zo‘ravon, qotil” degan qarash dominantlik qiladi.

    Bola o‘g‘risi va qoraqosh yigit voqeasiga qaytsak. Ma’lum bo‘lishicha, qahramonlik ko‘rsatgan kuryer tojikistonlik mehnat muhojiri ekan. Ammo xabarda ko‘p millionli auditoriyaga ega o‘sha OAV bu haqda churq etmagan. Chunki, birinchidan, hamma migrantlar go‘riga g‘isht qalab turganda aksini aytish — “eshakka sig‘inmaslik” sal noqulay, ikkinchidan, spiral aylanib turishi kerak...

    Sukunat changalidan chiqing — bu ham o‘zingiz, ham jamiyat, ham davlat uchun muhim!

    Haqiqat bahslarda tug‘iladi. Bir tomon shovqin solsa-yu, boshqa taraf mum tishlasa, demokratik jamiyat uchun muhim hisoblangan fikrlar xilma-xilligi o‘ladi, sog‘lom tortishuvlar so‘nadi, ijtimoiy so‘rovlar haqiqatni anglatmay qo‘yadi. Sukunat spirali sharoitida innovatsion g‘oyalar eshitilmaydi, taraqqiyot to‘xtaydi, aksincha, zararli fikr muhiti paydo bo‘lishiga ham olib keladi.

    Noel-Noymanning qayd etishicha, spiral ichida istalgan odam bo‘lishi mumkin, kishilarning atigi to‘rtdan bir qismi ijtimoiy bosimga qarshi tura oladi, ya’ni ko‘r-ko‘rona ko‘pchilikka ergashmaydi, “o‘rtoqlar, qabrdagi avliyo emas, eshakning jasadi”, deb dadil ayta oladi.

    Buning uchun katta jasorat shart emas. Tanqidiy fikrlash, axborot manbalarini diqqat bilan tekshirish, taqqoslash, faqat sizga yoqib tushadigan xabarlarni yoyuvchi mediavositalardan, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zingiz a’zo guruhlardan tashqari, boshqa, qarshi pozitsiyalarni ham ilgari suruvchi resurslarga e’tibor qaratish, platformalarning “aks-sado hujralari” — butun dunyo sizni qo‘llayotgandek ko‘rsatadigan infomuhitiga tushib qolmaslik kerak.

    Eng muhimi, fikr aytishdan cho‘chimang. Faqat u o‘zaro hurmat ruhida, qonuniy va bezarar bo‘lsin!

    Dilshod Nurulloh

    22 yanvar, 22:20   Izoh (0)   4767
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Sukunat spirali#siyosat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.