• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ta’lim

    Muammo va yechim: o‘qituvchi va xulqi buzuq o‘quvchilar o‘rtasidagi nizolarni qanday hal qilsa bo‘ladi?

    Ko‘pincha endi o‘smirlikka qadam qo‘yayotgan bolalar va o‘qituvchilar o‘rtasida turli janjalli vaziyatlar ko‘zga tashlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladigan videolarda o‘qituvchi va o‘quvchi bir-biriga ovozini balandlatgani, haqoratlagani, ba’zida esa vaziyat qo‘l ko‘tarish yoki kuch ishlatishgacha borgani kuzatiladi.

    Ko‘pchilikni o‘ylantiradigan savollardan biri bu “Sinfda, umuman dars davomida o‘quvchilarni qanday qilib tinchlantirish mumkin?”, “Asabiylashgan va jahl otiga mingan o‘quvchini jismoniy kuch ishlatmay, baqir-chaqirlarsiz xotirjam qilsa bo‘ladimi?”

    Bu kabi vaziyatlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan ko‘plab strategiyalar mavjud, ammo buning uchun o‘quvchilarning miyasidagi holatni tushunish talab etiladi.

    Foto: The Ispot

    Xo‘sh, miyaning xulq-atvorga qanday aloqasi bor? Ko‘pincha biror kishining xulq-atvorini kuzatamiz va bevosita o‘sha vaziyatga qaratilgan strategiyalar haqida o‘ylaymiz. Ammo bunday yondashuvda xulq-atvorga sabab bo‘luvchi asosiy omil – miyani e’tibordan chetda qoldiramiz.

    Miya barcha xatti-harakatlarni amalga oshiruvchi kuch hisoblanadi.

    Inson xulq-atvorini shakllantiruvchi tuzilmalarni tushunish

    O‘quvchilar ruhiy inqiroz holatida yoki yuqori darajada o‘zining xarakterini ko‘rsatganda, ularning miyasidagi amigdala (lot. corpus amygdaloideum so‘zidan) deb nomlangan qismi ishlayotgan bo‘ladi. Amigdala tashqi ta’sir yoki xavfli holatlarda organizmning himoya reaksiyalarini boshqaradi. Masalan, jang qilish (fight), qochish (flight) yoki qotib qolish (freeze) shular jumlasidan.

    Foto: Brainframe-kids

    Bu tuzilma o‘quvchi tanasini xavf ostida his qilganida ishga tushadi va ularning xatti-harakatlariga ta’sir qiladi. Shu sababli bunday holatlarda xulq-atvorga to‘g‘ri yondashish uchun, avvalo, miyadagi ushbu jarayonni tushunish muhimdir.

    Bunday qiyin paytlarda biz o‘quvchilardan xulq-atvorlarini o‘zgartirish uchun o‘zlarining prefrontal kortekslaridan (old miya qobig‘i) foydalanishni so‘raymiz. Lori Desautels o‘zining “Connections Over Compliance: Rewiring Our Perceptions of Discipline” (Bo‘ysunishdan ko‘ra aloqa o‘rnatish: Intizomni tushunish haqidagi qarashlarimizni qayta shakllantirish) kitobida tushuntirganidek, miyaning faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, tartibsizlik holatida o‘quvchilarda prefrontal korteksi faoliyatini to‘xtatadi.

    Foto: Istock

    Miyaning mazkur qismi bizga qarorlar qabul qilish, mantiqiy fikrlash, harakatlarning natijasini tushunish va tanlovlarimiz oqibatlarini ko‘rishga yordam beradi. Shuningdek, u xatti-harakatlarimizni vaziyatga yoki ijtimoiy hayotga moslashtirishga imkon beradi. Ammo inqiroz holatida miyamiz mantiq, oqibat, sabab yoki muammolarda vaziyatni tahlil qilish qobiliyatini yo‘qotadi.

    Shuning uchun inqiroz holatida bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlayotganda ularning hissiyotlari bilan (miyadagi amigdala reaksiyasiga) aloqani o‘rnatishimiz kerak. Hissiyotlarga va o‘quvchilar bilan munosabatlarning asosiga e’tibor qaratilgan strategiyalarni qo‘llash vaziyatni tinchlantirishga yordam beradi.

    Bosiqlik va barqarorlik muhitini yarating

    Inqiroz holatidagi o‘quvchilar bilan ishlashda nafaqat o‘quvchilarni tinchlantirish haqida, balki o‘zimizni boshqarishni ham o‘rganishimiz zarur. Bizning xotirjamligimiz va har qanday vaziyatda o‘zimizni boshqara olishimiz o‘quvchilar uchun xavfsiz muhit yaratishga yordam beradi.

    O‘zimizni idora qilishda muhim jihatlardan biri bu izchillik hisoblanadi. Chunki nima yuz berishidan qat’i nazar, xotirjamlikni yo‘qotmasakkina, o‘quvchilarga yaxshi munosabatda bo‘lib barqarorlikni saqlashimiz mumkin. Shunda o‘quvchilar o‘zini chorasiz his qilgan paytlarda bizdan qanday najot kutishi mumkinligini biladi.

    Foto: Istock

    O‘zimiz va o‘quvchilarimiz uchun izchillik va barqarorlikni yaratganimizda, xotirjamlikni ham paydo qilamiz. Barqarorlik boshqaruvni ta’minlaydi. Qiyin xulq-atvorli bolalar bilan ishlash jarayonida pedagoglar uchun ishlab chiqarilgan CALM strategiyasi (connect — aloqa o‘rnatish, affirm — tasdiqlash, listen — tinglash, my plan — mening rejam) deb nomlangan izchil harakatlar ketma-ketligidan foydalanishimiz mumkin. Ushbu samarali vosita siz va o‘quvchilar uchun boshqaruv jarayoniga kirishishda yordam beradi.

    C: Connect — o‘quvchilar bilan aloqa o‘rnating

    Qiyin xulq-atvor egasi bilan birinchi marta to‘qnash kelganimizda salbiy xatti-harakatni to‘xtatish yoki boshqa tarafga yo‘naltirishdan oldin ushbu xulq-atvorga amigdalaning javobi sabab bo‘layotganini eslash muhim. O‘quvchilar bilan hissiy bog‘lanishimiz orqali ularning miyalariga signal berib, ularni tinchlanishi uchun muhit yaratishimiz mumkin.

    Bunday holatga to‘qnash kelganimizda to‘xtab, quyidagilar haqida o‘ylashimiz kerak: Mening bu o‘quvchi bilan munosabatim qanday? U meni o‘ziga xavfsiz yordam beruvchi shaxs sifatida qabul qiladimi? O‘quvchiga uning tinchlanishida yordam berish niyatim borligini qanday yetkazishim mumkin?

    Foto: Sparkpe

    Salbiy xulq-atvorni to‘g‘rilashdan oldin, avvalo, o‘quvchiga va uning miyasiga bog‘lanishimiz lozim. Ularning qiziqishlariga oid biror mavzuda fikr bildiring, sizga ko‘rinayotgan ijobiy xulq-atvorlari uchun maqtang. Samimiy ohangda gapiring hamda tinchlanish jarayonida ularga yordam berishni istayotganingizni eslatib o‘ting.

    O‘quvchilar bilan aloqa o‘rnatishda “9 minut qoidasi”dan foydalanish mumkin.

    “9 minut qoidasi” Jaak Panksepp tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u bir kunda uchta uch daqiqalik mashqlar o‘quvchilarning o‘qish va emotsional farovonligini yaxshilashga yordam berishini ta’kidlaydi. Bu amaliyotning birinchi qismini kun boshida, ikkinchisini tushlik tanaffuslarida va uchinchisini kun yakunida qo‘llash asab tizimini tartibga solishga, emotsional barqarorlikni targ‘ib qilishga va munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi.

    O‘quvchilar bilan turli usulda salomlashishlar, ertalabki uchrashuvlar va birozgina suhbat asab tizimining buzilishini bartaraf etib, o‘quvchilarga emotsiyalarni boshqarish, muammolarni hal qilish va ish xotirasini yaxshilashda yordam berishi mumkin.

    Foto: Greatbooks

    Birinchi 3 daqiqada o‘quvchilar bilan aloqa o‘rnatish o‘yinlari o‘quvchilarning ijodkorligini rivojlantiradi. Masalan, “qog‘oz yirtish” amaliyotida ular qog‘ozni bo‘laklarga yirtib, dizaynlar yaratishi mumkin. “Suv ichish” mashqida o‘quvchilar piyoladan suv ichish davomida o‘zlarining kuchli tomonlari va ijobiy fazilatlarini bo‘lishishlari mumkin.

    “Tasavvuringizni rivojlantiring” mashqida o‘quvchilarga turli qiziqarli savollar berish orqali ularning miyasini darsga tayyorlash mumkin. Masalan, “Olimpiadada qatnashish imkoni bo‘lsa, qaysi sport turida ishtirok etardingiz?”, “Odamlar sizni qanday eslab qolishini xohlaysiz?” va shunga o‘xshash savollar berib o‘quvchilarni o‘rganish jarayoniga jalb qilish mumkin.

    Kun o‘rtasidagi 3 daqiqalik pauzalar o‘quvchilar uchun qayta tiklanishga yordam beradi. Masalan, “Mening eng sevimli dam olish joyim”da o‘quvchilar orzu qilgan manzillari haqida yozishi yoki rasm chizishi mumkin. “Hamkorlik hikoyalari”da esa o‘quvchilar o‘zlari chizgan suratlarni birlashtirib umumiy hikoya tuzishi mumkin. Bu paytda o‘quvchilar dam olishi, suv ichishi, yoki biror narsa tamaddi qilishi mumkin. Bu esa ularni kunning qolgan qismiga qayta tayyorlaydi.

    Kun oxirida sarflanadigan 3 daqiqa tahlil va xulosalar qilishga qaratilishi mumkin. Bunda, masalan, o‘quvchilar o‘zlari erishgan biror yutuq haqida gapirib berishi mumkin, “Yakunni top” mashqi orqali o‘quvchilarga biror video qo‘yib, oxiri qanday tugashi haqida fikrlar so‘rash mumkin. Ushbu mashqlar o‘quvchilarga kunni ijobiy yakunlashga va keyingi kun uchun tayyorlanishga yordam beradi, ijodkorlikni mustahkamlaydi.

    A: Affirm — ularning his-tuyg‘ularini tasdiqlang

    O‘quvchining salbiy xulq-atvori ko‘pincha yordam so‘rashning bir usulidir. Bu o‘quvchi uni eshitishlarini xohlayotganini bildirishga harakat qilayotganini bildiradi. Ko‘pincha ular his-tuyg‘ulari va emotsiyalarini faqat shu tarzda ifodalash mumkin deb hisoblaydi. Agar biz ularning his-tuyg‘ularini tasdiqlab, emotsiyalarini ko‘rganimizni bildirsak, bu o‘quvchiga va uning miyasiga uning his-tuyg‘ulari inobatga olinayotganini bilish imkonini beradi.

    Emotsional tarzda ilgari surilgan va tasdiqlovchi ishoralar o‘quvchiga biz ularni tinglayotganimizni bildiradi: “Men g‘azablanganingni bilaman; bunday paytda mening ham jahlim chiqardi”. “O‘sha vaziyatda men ham o‘zimni boshqara olmasligim mumkin edi — bu rostdan qiyin holat” deb vaziyatni yumshatish mumkin.

    Foto: Istock

    L: Listen — tinglang

    Ba’zida bu biz kattalar uchun eng qiyin qism bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarimiz xulq-atvorlarini baland ovozda namoyish etgan sari biz o‘zimizning bosiqroq tutishimiz kerak. Faqatgina tinglash emas, balki tinglayotganimizda ularni tushunishga harakat qilayotganimizni namoyish qilish juda muhimdir.

    Tinchlantirish jarayonining bu bosqichida ko‘pincha o‘quvchi suhbatga kirishishni xohlayotgani yoki unga vaqt va makon kerak ekani haqida so‘rash kerak. O‘quvchilarga tinglayotganimizni bildiradigan iboralardan yoki savollardan foydalanish xavfsiz muhit yaratishda juda muhimdir: “Holatni menga yanada batafsil tushuntirib ber.” “O‘sha daqiqadagi his-tuyg‘ularingni tasvirlab ber”, “Bu voqea seni qattiq ranjitdimi?” kabi savollar  berish mumkin.

    AQSHning 20 ta shtatida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 55 foizi, o‘rta sinf o‘quvchilarining 42 foizi, yuqori sinf o‘quvchilarning 40 foizi o‘zlarini yomon his qilganda yordam oladigan katta yoshli odamlarni topa olishadi. Emotsional yordam o‘quvchilarga his-tuyg‘ularini boshqarishda yordam beradi.

    Emotsional yordam bu — his-tuyg‘ularni boshqarishda yordam hisoblanadi. Masalan, bola qayg‘usini kamaytirish uchun uni quchoqlab qo‘yishni so‘rashi yoki imtihondan oldin xavotir olib o‘qituvchiga yozishi mumkin.

    Agar uni tushunadigan va ishonchli odamdan yordam olsa, foydali bo‘ladi. Deylik, uni quchoqlab qo‘yishlarini kutgan qizcha yoki o‘qituvchisiga xavotirlarini yozgan yigit o‘ziga kerakli tarzda javob olmasa, nima sodir bo‘ladi? O‘zi shunday holatlarda o‘quvchilar ularga yordam berishga tayyor kattalar borligini his qilishi uchun nima qilish kerak?

    Emotsional yordam bo‘yicha tadqiqotlar, o‘quvchilarning hissiyotlarini hukm qilmasdan tinglash va ularning his-tuyg‘ulari tabiiy ekanini uqtirishni maslahat beradi. Shuningdek, emotsional yordam berishda o‘quvchilarning mental (aqliy) salomatligi, ijtimoiy kelib chiqishi va yon-atrofidagi odamlarning unga bo‘lgan munosabatini ham inobatga olish zarur.

    Foto: Responsiveclassroom

    M: My plan — mening rejam

    O‘quvchilar amigdala javobidan chiqib, miyaning mantiq va qaror qabul qilish qobiliyatidan foydalana boshlaganda, biz ularni o‘z fikrlarini qayta ko‘rib chiqishga yoki galdagi qadamlarini rejalashtirishga undashni boshlashimiz mumkin.

    Refleksiya xulq-atvorni o‘zgartirishning ajralmas qismidir va biz o‘quvchilarimizga turli vaziyatlardan chiqib ketishda yangi va ijobiy yo‘llarni yaratishda yordam berishning bir usulidir. Bu bosqichda o‘quvchilardan ko‘pincha quyidagi savollarni so‘rash o‘rinli:

    • Keyingi safar bu his-tuyg‘ularni boshdan kechirganingda bizning keyingi qadamimiz qanday bo‘ladi?
    • Keyingi safar nimani o‘zgartirishimiz mumkin?
    • Bunday vaziyatda katta yoshli odamdan nima kutasan?

    Xuddi biz inqiroz holatidan chiqib ketish uchun barqaror hislarga ega bo‘lishimiz kerak bo‘lgani kabi, o‘quvchilarimiz ham o‘zlarining izchil moslashuv strategiyalarini rivojlantirishda yordamga muhtoj. Bu bosqichda, biz ko‘pincha ular tongda kimdir bilan gaplashishni xohlaydimi yoki yo‘qmi, xafa bo‘lganda qayerda o‘zini xavfsiz sezishini yoki o‘sha paytlarda kattalardan qanday munosabat kutishlarini muhokama qilamiz.

    Hozirgi paytda bu xulq-atvor va o‘zini tutishi miyaning vaziyatga javob beruvchi yagona yechimi hisoblanadi. Shuning uchun o‘quvchi muammosini hal qilishda o‘sha yo‘lni qo‘llaydi. Biz o‘quvchilarning miya holatini o‘rgana  boshlaganimizda, bu xulq-atvorga qandaydir chora ko‘rishimiz kerak deb emas, balki unga yordam bera olishimiz mumkin bo‘lgan jarayon deb qarashni boshlaymiz.

    O‘quvchi boshqarib bo‘lmaydigan xulq-atvorni namoyon qilganda u bilan birga bo‘lib, hamkorlikda boshqaruv jarayoniga kirishishimiz kerak. CALM strategiyasidan foydalanish bu jarayonni, o‘quvchini va o‘zimizni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Chunki bizning maqsadimiz jazolovchi emas, ko‘makchi bo‘ladi.

    Erkin G‘aybullayev
    Xalqaro ta’lim eksperti

    18.12.2024, 17:59   Izoh (0)   21412
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindistonda bolalar qanday tarbiyalanadi: har bir bolaga singdirilishi kerak bo‘lgan odatlar

    26.11.2024, 15:41

    Muntazam dars qoldiradigan o‘quvchilar: yangi mavzularni o‘zlashtirishi uchun ularga qanday yordam berish kerak?

    21.11.2024, 14:30

    O‘zbekistondagi 23 ta OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi

    08.11.2024, 12:21

    Uch yoshda maktabga chiqqan, o‘zga sayyoralarga sayohatni orzu qilgan. Milliarder Ilon Maskning bolaligi qanday o‘tgan? 

    29.10.2024, 16:35

    Nima uchun yaponlar farzandlarini faqat uch yoshgacha tarbiyalashadi?

    28.10.2024, 22:38

    Xitoy ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari: bolani qanday qilib “superodam” qilib tarbiyalash mumkin?

    23.10.2024, 09:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.