Rossiyaning “Soyuz-5” tashuvchi raketasi dastlab rejalashtirilganidek 2025-yilda emas, balki 2026-yilda uchirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida “Progress” kosmik raketa markazi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Ravil Axmetov ma’lum qildi.
“Soyuz-5” ishlab chiqish bosqichida. U birinchi marta 2026-yilda uchirilishi rejalashtirilgan, dedi u.
“Soyuz-5” Rossiyaning o‘rta toifali tashuvchi raketasi bo‘lib, u avtomatik kosmik kemalarni Yerga yaqin orbitalarga yetkazish uchun ishlab chiqilmoqda.
Aprel oyida Rossiya hukumati Qozog‘iston bilan “Soyuz-5” tashuvchi raketasini 2025-yilda “Bayterek” kosmik raketa markazida parvoz sinovlarini boshlash to‘g‘risidagi kelishuvni ma’qullagandi.
Izoh (0)