Surxondaryo viloyatida yashovchi 51 yoshli B.K. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, uning nomiga nomaʼlum sabablarga ko‘ra onlayn kredit rasmiylashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 36 yoshli R.E. sodir etganligi aniqlandi. Unga ko‘ra, gumonlanuvchi R.E., jabrlanuvchi B.K.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini bank operatori sifatida tanishtirgan.
So‘ng soxta havola yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qo‘lga kiritib, uning nomidan mobil ilova yordamida ro‘yxatdan o‘tgan. Gumonlanuvchi onlayn tarzda 8 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan R.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a,b,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)