Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida fuqarolarning nomiga mobil ilova orqali kredit rasmiylashtirib, pullarni o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro Y.X. uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularning nomiga mobil ilovalar orqali jami 100,9 mln so‘mlik kredit va bo‘lib to‘lash sharti evaziga mahsulotlar olishga erishib, ushbu kredit va mahsulotlarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda o‘qituvchilarning nomiga 163 mln so‘m, shuningdek, Toshkentda o‘zgalar nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxslar aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)