Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam berildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Udmurtiya Respublikasidagi “Eplas”, “Komos Grupp” va Tyumendagi “Sibur” korxonalari rahbariyati va u yerda ishlayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Agentlikning Yekaterinburgdagi vakili, Tobolsk shahar hokimiyati, Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va hududdagi yirik ish beruvchilar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg hamda Voronejda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Rossiyaga ishlash uchun ketgan o‘zbekistonlik erkak baxtsiz hodisaga uchragani va tibbiy guruh nazorati ostida, yotiq holatda Sankt-Peterburg – Toshkent aviareysi orqali vatanga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)