Toshkent shahar Chilonzor tumanida uchta avtomobil to‘qnashib, YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, 18-sentyabr kuni soat 00:30 larda Chilonzor tumani KHAY—Qatortol ko‘chalari chorrahasida 1993-yilda tug‘ilgan K.D. boshqaruvidagi Nexia-2, 2003-yilda tug‘ilgan Y.A. boshqaruvidagi Malibu-1, 1995-yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi Cobalt to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avval Qashqadaryoda “KamAz” orqa tirkamasi chiqib ketishi oqibatida uchta transportga borib urilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkentda Cobalt yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib aylanib ketgan edi. Mazkur YTHda avtomashinaning aylanib ketishi natijasida haydovchi eshikdan otilib chiqib ketgan. Haydovchi tirik va tan jarohati olgan, xolos.
Izoh (0)