Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkilotini 100 yilligi”ga bag‘ishlangan videorolik ishlab chiqish bo‘yicha boshlang‘ich narxi 370 mln so‘mlik tanlov eʼlon qilingan. Ushbu tender bo‘yicha maʼlumot Tovar-xom ashyo birjasi portalida mavjud.
Texnik topshiriq hujjatlariga ko‘ra, videorolik davomiyligi 3 daqiqa etib belgilangan.
Shuningdek, texnik topshiriqqa ko‘ra, videorolikni O‘zbekiston va chet el telekanallarida hamda o‘z YouTube, Telegram kanallarida targ‘ibot ishlarini olib borish belgilab qo‘yilgan.
Tanlovda 224 mln so‘m narx taklifi bilan Satart Haus Building MCHJ g‘alaba qozongan.
Maʼlumot uchun, ushbu MCHJ yashashga yaroqsiz joylarni ijaraga berish va boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)