Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining yadro uloqtirish bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Bobur Omonov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev Bobur Omonovni ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lishdek sharafli nomga sazovor bo‘lgani va 2021-yilda o‘zi o‘rnatgan Paralimpiada rekordini yangilagani bilan qutlab, ushbu natija O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea bo‘lganini aytdi. Shuningdek, prezident unga ko‘makdosh bo‘lgan murabbiylari va yaqinlariga minnatdorlik bildirdi.
Chempion xalq ishonchini oqlaganidan xursandligi, terma jamoaning, jumladan, o‘zining muvaffaqiyatli chiqishlari sportga qaratilayotgan alohida eʼtibor va yaratilayotgan sharoitlar tufayli ekanini taʼkidladi. Prezident 2-sentyabr kuni sovrindor bo‘lgan sportchilarni ham tabriklab, bugungi bellashuvlarda qatnashadigan hamyurtlarga omad tiladi.
Izoh (0)