• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ukrainadagi urush tufayli antibiotiklardan qo‘rqmaydigan superbakteriyalar rivojlanmoqda — OAV

    Ukrainadagi urush antibiotiklarga qarshi tura oladigan mutatsiyaga uchragan superbakteriyalarning rivojlanishini kuchaytirdi.

    Shifokorlarning aytishicha, ukrainalik askarlardan birining oyog‘iga tushgan infeksiyani antibiotiklar orqali davolab bo‘lmagan va uning oyog‘ini kesishga majbur bo‘lishgan. Bu holat inqiroz kuchayib borayotganidan dalolat beradi, deb yozadi The Sunday Times.

    Foto: Google Images

    Avvaliga shifokorlar 35 yoshli askarning oyog‘idan olgan jarohatini London janubidagi Sent Jorj kasalxonasida tezda davolashga muvaffaq bo‘lishgan. Biroq keyinroq yana bir muammo paydo bo‘ldi — bakterial infeksiya uning chap oyog‘idagi yaralariga chuqur kirib borgani aniqlandi.

    Besh xil antibiotikning kombinatsiyasi bakteriyalarni o‘ldira olmadi. Yara yiringlashda davom etayotgani sababli shifokorlar boshqa to‘rtta dorini, jumladan, boshqa hech narsa yordam bermagan holatlar uchun ajratilgan, jiddiy nojo‘ya ta’siri bo‘lgan kuchli antibiotik — kolistinni sinab ko‘rish uchun davolash rejimini o‘zgartirdilar. Ammo bu dori ham yordam bermadi.

    O‘nlab yillar davomida shifokorlar antibiotiklar foydasiz bo‘lib qoladigan antiutopik kelajak haqida ogohlantirib keladi. Askarning hayotini mutatsiyaga uchragan superbakteriyadan saqlab qolish uchun uning oyog‘ini tizzadan kesishga to‘g‘ri keldi.

    Askarni davolashga yordam berish uchun chaqirilgan Chelsi va Vestminster kasalxonasining yuqumli kasalliklar bo‘yicha maslahatchisi doktor Lyuk Mur bu holatni “yashirin pandemiya” deb ta’rifladi.

    Foto: Google Images

    Agar bakteriyalar rivojlanishda davom etsa, bu hatto muntazam tibbiy yordamni ham xavf ostiga qo‘yadi. Oddiy amaliyotlar, masalan, bolaning tomog‘idan bodomsimon bezlarni olib tashlash amaliyoti uning hayotiga tahdid soladigan bo‘lib qoladi.

    “Agar biz bu muammoni hal qilmasak, u boshqa qiladigan barcha ishlarimizga tahdid soladi. Bu bizning oddiy operatsiyalarni bajarish imkoniyatimizni cheklab qo‘yadi, saraton kasalliklariga kimyoterapiya berish ham xavfli jarayonga aylanadi”, dedi Mur.

    Ushbu dahshatli oqibatning oldini olish uchun yangi kurash boshlanmoqda. Shu oy Nyu Yorkda BMT Bosh assambleyasida uchrashadigan dunyo yetakchilari superbakteriya tahdidiga qarshi kurashish bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilishadi.

    Buyuk Britaniyaning sobiq bosh shifokori va hozirda mikroblarga qarshi kurash bo‘yicha maxsus elchi Deym Salli Devies: “Biz bu haqda quruq gap sotishdan harakat qilishga o‘tishimiz kerak”, dedi.

    2016-yilda mikroblarga qarshi chidamlilik bo‘yicha BMTning yuqori darajadagi so‘nggi yig‘ilishida muvaffaqiyatga umidlar katta edi.

    Foto: Google Images

    “Bu omma orasida xabardorlikni oshirdi, lekin men kutganimdek, bu yo‘nalishda ko‘p choralar amalga oshirilmadi. Biz bu safar ushbu yangi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Siyosatchilar ham bizni qo‘llab-quvvatlashini kutamiz”, dedi Devis.

    Bakteriyalar tomonidan antibiotiklarga chidamlilik inson salomatligi uchun eng katta tahdidlardan biridir. Misol uchun, 2019-yilda antibiotiklarga chidamli bo‘lgan bakteriyalar yuzaga keltirgan kasalliklardan taxminan 1,27 million odam vafot etgan.

    BMT ma’lumotlariga ko‘ra, agar vaziyat tubdan o‘zgarmasa, 2050-yilga borib 10 millionga yaqin odam bu tufayli nobud bo‘lishi mumkin.

    02.09.2024, 11:20   Izoh (0)   11939
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar “zombi viruslari” tufayli yangi pandemiya yuzaga kelishi haqida ogohlantirdi

    22.01.2024, 10:50

    Kongoda aniqlangan maymunchechak turi yangi pandemiya keltirib chiqarish mumkin

    18.04.2024, 14:55

    Yangi pandemiyani keltirib chiqarishga qodir virus nomi e’lon qilindi

    21.04.2024, 20:38

    Isroildagi norozilik namoyishida 29 kishi hibsga olindi

    02.09.2024, 08:50

    Himolay muzliklarida 1700 dan ortiq virus aniqlandi 

    01.09.2024, 23:50

    Ibrohim Raisiy vertolyoti qulashining sabablari e’lon qilindi

    01.09.2024, 23:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.