Kanadalik tadqiqotchilar Kongo Demokratik Respublikasi sharqiy qismida “pandemiyaga moyil” bo‘lgan maymun chechagining xavfli yangi turini aniqladi. Bu haqda CBC News xabar berdi.
Olimlarning izlanishi hali tasdiqlanmagan va jahon ekspertlari tomonidan o‘rganilmoqda. Unda Kamitugada (Janubiy Kivu provinsiyasi) maymun chechagining mutatsiyaga uchragan shtammi topilgani ta’kidlanadi. Olimlar fikricha, ushbu turdagi virus odamlar orasida, asosan, jinsiy aloqa orqali tarqalishi oshgan.
Tadqiqotchilar yangi shtammning ba’zi mutatsiyalari mavjud testlar bilan aniqlanmasligini aytmoqda. Ular jarayonga aralashilmasa, kasallik milliy va xalqaro miqyosda tarqalishi mumkinligini ta’kidlagan.
“Tashqi aralashuvsiz Kamitugadagi epidemiya milliy va xalqaro miqyosda tarqalishi mumkin. Biz xalqaro hamjamiyatni navbatdagi pandemiyaning oldini olish uchun tezkor choralar ko‘rishga chaqiramiz”, — deydi tadqiqotchilar.
Izoh (0)