• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Muqobil energiya manbalarini o‘rnatish bu – davlat siyosati” — Shavkat Mirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

    Mamlakatimizda energiya resurslariga talab yildan yilga oshib bormoqda. Bunga mos ravishda yangi stansiyalar qurilib, manbalar ko‘paytirilmoqda.

    Shu bilan birga, joriy yil boshida hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan edi. Davlat rahbarining iyulda Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu rejani ilmiy asoslangan holda 2 baravar oshirib bajarish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi.

    Foto: “president.uz”

    Shundan so‘ng, Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan Farg‘ona tumanidagi elektr iste’moli o‘rganildi. Misol uchun, 4,6 ming xonadon va 233 ta tadbirkorga xizmat qiladigan “Log‘on” podstansiyasidagi yillik yo‘qotish 5 million kilovatt/soatni tashkil qiladi. Bu – tabiiy yo‘qotish uchun belgilangan me’yordan 1,5 baravar ko‘p.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur podstansiyadan elektr oladigan 113 ta transformatordagi yuklamani teng taqsimlash orqali 765 ming kilovatt/soat yo‘qotishning oldini olish mumkin. Eng muhimi, bunga xarajat talab qilinmaydi. Tuman elektr korxonasida boshqaruv to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa bo‘ldi.

    Yoki suv nasoslariga xizmat ko‘rsatuvchi 44 ta transformatorga reaktiv quvvat batareyalari o‘rnatilsa, yo‘qotish yiliga 1,1 million kilovatt/soatga kamayadi, xarajat bir yilda o‘zini oqlaydi.

    Umuman, Farg‘ona tumanidagi 14 ta podstansiyada 15,5 million kilovatt/soat yoki yiliga o‘rtacha 6 milliard so‘mlik ortiqcha yo‘qotish hisob-kitob qilingan. Ish yuqoridagidek omilkorlik bilan tashkil qilinsa, elektrdan iqtisod qilish rejasini bajarish mumkin.

    Mamlakatimiz bo‘yicha 1 ming 800 ta shunday podstansiya va 100 mingga yaqin transformator bor. Mutasaddilarga ushbu tajribani boshqa hududlarda ham joriy qilib, energiyani tejash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Qoraqalpog‘istonda gazni tejash bo‘yicha yaxshi natija bor. Hozirgacha 95 mingta xonadondagi eskirgan “gorelka” energiya tejamkoriga almashtirilgani va isitish tizimi izolyatsiya qilingani hisobiga, yiliga 145 million kubmetr gaz iqtisod bo‘lmoqda. Yana 16 ming ehtiyojmand oilaga mahalliy byudjet hisobidan shunday pechlar qo‘yib berish boshlangan. Bu orqali 20 million kubmetr gaz iqtisod qilinib, ehtiyojmand aholi ixtiyorida 12 milliard so‘m qoladi.

    Shu tarzda, yurtimizdagi 1 million xonadon isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: “president.uz”

    Yurtimizda 2 ming 349 ta yirik gaz iste’molchisi bor. Ularning orasida omilkorlari ham ko‘p. Masalan, Ohangarondagi kafel ishlab chiqaruvchi korxona o‘zidan chiqqan issiqlikdan qayta foydalanish texnologiyasini joriy qilgan. Lekin, yirik iste’molchilarning bor-yo‘g‘i 25 foizida zamonaviy gaz tejovchi uskunalar o‘rnatilgan.

    Shavkat Mirziyoyev bunga alohida to‘xtalib, viloyat hokimliklari va Energoinspeksiya mana shunday masalalar bilan shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi. Yirik gaz iste’molchisi bo‘lgan korxonalarda ilmiy-texnik asoslar bilan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

    Ma’lumki, shu yil 23-avgustdagi prezident farmoniga asosan, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi – O‘zenergoinspeksiya Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi. Bu uning imkoniyatlari va ish samaradoriligini oshiradi.

    Endi shunday ishlarni eng yirik elektr iste’molchilari bo‘yicha ham qilish kerakligi aytildi.

    Bu borada ijobiy tajribalar bor. Misol uchun, “Amu—Buxoro” kanaliga 100 megavattli quyosh stansiyasi o‘rnatildi. Buning natijasida tarmoqdan olinadigan energiya miqdori 30 foizga yoki 200 million kilovattga qisqardi. Yana shuncha quvvat ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

    Bu bejiz emas. Jami elektr iste’molining 10-11 foizi suv xo‘jaligi korxonalariga to‘g‘ri keladi. Shu bois kelgusi uch yilda suv xo‘jaligi inshootlarida elektr iste’molini kamida 25 foizga qisqartirish vazifasi belgilandi.

    Energiya samaradorligini ta’minlashda yana bir manba bu – quyosh. Masalan, Oltiariqdagi tadbirkor 300 kilovattli quyosh paneli o‘rnatib, yiliga 540 ming kilovatt/soat yoki 486 million so‘mlik elektrni o‘zi ishlab chiqarmoqda.

    Bu yil aholiga 182 megavatt, tadbirkorlarga 791 megavatt quvvatli muqobil energiya uskunalari o‘rnatish rejalashtirilgan. Lekin ayrim viloyatlarda bu boradagi ishlar sust ekani ko‘rsatib o‘tildi. Tegishli mutasaddilar qat’iy ogohlantirildi.

    “Muqobil energiya manbalarini o‘rnatish bu – davlat siyosati”, dedi prezident.

    Yig‘ilishda viloyat hokimlari, energetika tarmoqlari rahbarlari hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash chora-tadbirlari yuzasidan hisobot berdi.

    27.08.2024, 21:34   Izoh (0)   5754
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kelgusi uch yilda kambag‘allik darajasini 7 foizgacha pasaytirishni maqsad qilganmiz” — Shavkat Mirziyoyev

    27.08.2024, 20:42

    Toshkent metropolitenining “O‘zgarish” bekatida yong‘in chiqdi 

    27.08.2024, 20:28

    So‘nggi ikki oyda 11 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi

    27.08.2024, 19:59

    O‘zbekistonda AKT xizmatlarining iqtisodiyotdagi ulushi qanchaga ortgani ma’lum qilindi 

    27.08.2024, 19:12

    O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri keladi?

    27.08.2024, 18:39

    Shavkat Mirziyoyev Belarus Milliy Majlisi kengashi raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

    27.08.2024, 18:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40

    “Bog‘ga tushgan o‘g‘rini qorovul ushlab olib qulog‘idan tortadi-yu, xuddi shunday qochgan-da” — Ulug‘bek Qosimov Denov hokimi o‘rinbosari haqida

    O‘zbekiston | 22 avgust, 20:30

    Hakerlar Eronning o‘nlab neft tankerlari tizimlarini ishdan chiqardi

    Dunyo | 22 avgust, 20:20

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    Dunyo | 22 avgust, 20:08

    Turk seriallarida yoshidagi katta farqqa qaramay tomoshabinlar mehrini qozongan 7 juftlik

    Kino | 22 avgust, 19:55

    Mirziyoyev, Berdimuhamedov va Aliyev uchrashuvi: transport, energetika va savdo sohasida kelishuvga erishildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:46

    Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarga darz ketishi mumkin

    Dunyo | 22 avgust, 19:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.