Qisqa tanaffusdan so‘ng Xose Venansio Lopes boshchiligidagi O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi.
Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga 15 nafar futzalchi jalb etildi.
Fransiyaga qarshi bellashuvda jarohat olgan va jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan darvozabon Ravshan Eliboyev o‘rniga “Paxtakor” klubidan Humoyun Rahmatullayev tarkibga kiritildi.
Shuningdek, yana bir futzalchi Sunnat Jo‘rayevning qachon safga qaytishi yakuniy tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Avvalroq jamoa yetakchilaridan biri Davron Choriyev ham jarohat sabab musobaqada yordam bera olmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, futzal bo‘yicha jahon chempionati 14-sentyabrdan 6-oktyabrgacha Toshkent, Andijon va Buxorodagi arenalarda o‘tkaziladi.
Izoh (0)