• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xotinini unvonga “almashgan” qo‘mondon — Stalin tomonidan otuvga hukm qilingan marshal Kulik xatosi

    Marshal Grigoriy Kulik Ikkinchi jahon urushining salbiy qahramonlaridan biri hisoblanadi. Rostov va Kerchni nemislarga topshirgani, ichkilik, fahsh va o‘g‘irlikka berilgani uchun uning unvoni generalga qadar tushiriladi hamda Sovet Ittifoqi Qahramoni yulduzi olib qo‘yiladi. Kulik esa Iosif Stalin va Lavrentin Beriyani omma oldida yomonlashni davom ettirgani sabab oxir-oqibat buning uchun boshi bilan javob beradi.

    Marshal Grigoriy Kulik
    Foto: Wikipedia

    Grigoriy Kulik Sovet Ittifoqi tarixidagi eng yomon marshal hisoblanadi. Unga nisbatan muntazam jiddiy ayblovlar yangrab keladi. Ehtimol Kulik u qadar yomon inson bo‘lmagandir, ammo urushning barcha mas’uliyati kimgadir yuklanishi kerak edi va havas qilib bo‘lmas taqdir Kulik chekiga tushadi. Shunday qilib, Georgiy Jukov tarixdan “G‘alaba marshali” sifatida o‘rin olgan bo‘lsa, Kulik “Mag‘lubiyat marshali”ga aylandi.

    Tarixchilarga ko‘ra, uning muvaffaqiyatsizliklariga yetarlicha harbiy bilimga ega emasligi, ichkilikka berilgani va urushning hal qiluvchi oylarida fahshga yo‘g‘rilgan hayot tarzi sabab bo‘lgan.

    Harbiy qo‘mondon hatto karikaturalar markazidan ham o‘rin oladi: gerdaygan, badjahl, kibrli va ayni paytda ahmoq, o‘ziga bino qo‘ygan va uquvsiz. Aftidan Qizil armiyaning yuqori qo‘mondonlik tarkibida undan yoqimsiz shaxs yo‘q edi.

    Albatta, Kulik ichki ishlar xalq komissari Nikolay Yejov kabi inson qiyofasidagi maxluq emasdi. Gap u egallagan lavozimga borib taqalardi. Vaziyat taqozosi, aniqrog‘i Iosif Stalinning marhamati tufayli Kulik mansab zinapoyasidan g‘ayrioddiy tarzda yuqoriga ko‘tariladi. Uning ma’lumoti polk komandirligidan narisiga yaramasa-da, u armiyani boshqarardi.

    Stalin Kulikning jangovar sifatlarini Fuqarolik urushi paytidayoq yuqori baholagan. Sobiq unter-ofitser Birinchi ot armiyasida artilleriyani boshqarardi. Oq gvardiyachilar mag‘lubiyatga uchraganidan deyarli 20 yil o‘tgan va harbiy fan ancha ilg‘orlab ketgan bo‘lsa-da, sovet rahbarining nazarida Kulik mamlakatdagi eng yaxshi artilleriyachi sifatida qolgandi. 1939—1940-yillarda u Xalxin Gol janglarida, Polshaga yurishda va Finlyandiya urushida ishtirok etgan bo‘lib, xizmatlari evaziga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

    Ko‘plab zamondoshlari Kulik haqida faqat salbiy fikr bildirgan. “Kabinet eshigi ochildi va marshal Kulik kirib keldi. Uning yuzi qip-qizarib ketgan va juda kattadek ko‘rindi. Gaplari mutlaqo bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan va ma’nosiz iboralar jamlanmasi edi. Bu mast-alast insonning safsatasidan boshqa narsa emasdi. Eng qo‘rqinchli jihati, komandirlar qarshisida nafaqat marshal, balki SSSR Mudofaa xalq komissarining o‘rinbosari ham bor edi”, deya eslaydi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Fyodor Sverdlov o‘zining Jukov haqidagi kitobida.

    1940-yilda Stalin Kulikdan Italiya fashistlari foydasiga josuslik qilishda gumonlanayotgan rafiqasi Kira Simonich bilan ajrashishini so‘raydi. 5-may kuni ayol uyidan chiqadi va butunlay yo‘qolib qoladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy qo‘mondon rafiqasining sirli tarzda g‘oyib bo‘lishiga aloqador emas. Ikki kundan keyin Kulikka “kompensatsiya sifatida” marshal unvoni beriladi.

    Foto: Russian Photo

    “Buni xotinim evaziga berishdi. Shovqin ko‘tarmasligim uchun”, derdi marshalning o‘zi.

    Lavrentiy Beriya hibsga olinganidan keyingina Simonich o‘g‘irlab ketilgani va u Lubyanka boshlig‘ining buyrug‘i bilan sudsiz otib tashlangani ma’lum bo‘ladi. Bu o‘sha davr uchun oddiy holat edi: chekistlar xuddi shu usulda davlatning yuqori lavozimdagi amaldorlarini xotinidan ajratardi — masalan, Vyacheslav Molotov va Mixail Kalinin hamda Stalinning bosh yordamchisi Aleksandr Poskrebishev.

    Boshqa yuqori martabali amaldorlardan farqli o‘laroq, Kulik uzoq aza tutmaydi. O‘sha oyning o‘zida u 18 yoshli qizi Valentinaning tengoshi va dugonasi Olga Mixaylovnaga e’tibor qaratadi. Oktyabr oyida kuyov kelindan 30 yosh katta bo‘lishiga qaramay, ular oila quradi.

    Kira Simonich
    Foto: Wikipedia

    SSSR rahbarining marshalga bo‘lgan ijobiy munosabati Ikkinchi jahon urushi boshlanganida, Kulik qurshovda qolib ketib, asirga tushishiga bir baxya qolganida, nemislar orasidan dehqon kiyimida qochib chiqqanidan keyin keskin o‘zgaradi.

    1941-yil 12-noyabr kuni Kerchga yetib kelgan marshal bu yerdagi vahima va jangovar operatsiyalarni boshqarish mutlaqo talabga javob bermasligiga guvoh bo‘ladi. Nemis qo‘shinlari Perekop shahri mudofaasini yorib o‘tib, Qrim tomon harakatlanardi. Kulik shaharni ushlab turishi kerak edi, ammo mudofaani tashkillashtirish va qattiq tartib-intizom o‘rnatish o‘rniga u qo‘shinlarni Kerchendan Taman yarimoroliga ko‘chirishni buyuradi. Evakuatsiya vahimali tartibsizlikka aylanadi. Sodir bo‘lgan holatdan xabar topgan Stalin g‘azab otiga minadi. Kulik namoyishkorona jazolanishi kerak edi. Kerchni qo‘ldan chiqargani va Rostov-Donni tashlab ketgani uchun “doimiy mastlik, buzuq turmush tarzi va davlat mulkini o‘g‘irlash”da ayblanadi.

    Markazqo‘m xulosasida keltirilishicha, Kulik muntazam ravishda mast holatda yurgan va davlat mulkini talon-toroj qilib, yuz minglab rublni o‘zlashtirgan. Pullar shohona dasturxonlar va ichkiliklar uchun ketgan. Partiyaning ta’kidlashicha, bularning barchasi misli ko‘rilmagan buzuqlik bilan amalga oshirilgan.

    Aytishlaricha, Kulik mevalar, un, yog‘, mandarin, ikra, konyak va boshqa tanqis mahsulotlarni samolyotlar yordamida Sverdlovskdagi oilasi uchun yuborganidan xabar topgan Stalin o‘zini qo‘yarga joy topa olmagan. Bir safar marshal havo kemasidan hayvonlarni tashishda ham noqonuniy foydalangan: frontda uning har kuni barra go‘sht va sut ichgisi kelardi. Qoramol qo‘rqqanidan samolyotga zarar yetkazmasligi uchun uning tuyoq va shoxlari somon bilan o‘rab chiqilardi. Odamlar boshqa qo‘mondonlarning hech biri, hatto jazosiz qolishi mumkin bo‘lgan Jukov yoki Aleksandr Vasilevskiy ham bunday xatti-harakatlarni amalga oshirishga jazm etmagani haqida g‘iybat qilardi.

    Foto: Wikipedia

    Keyinchalik Qrimdagi xatti-harakatlariga izoh berar ekan Kulik doimiy janglardan charchagan armiya bo‘linmalarini ruhiy tushkunlik va qobiliyatsizlikda ayblaydi: “Kerchni himoya qilishga hech narsam yo‘q edi. U yerga to‘da to‘plangan edi. Men bunday armiya bilan Kerchni ushlab qola olamanmi? Men yetib kelganimda kech bo‘lgandi — vaziyatni o‘nglash imkonsiz edi”.

    1942-yil 16-fevral kuni Oliy Sud Kulikni marshal unvoni va Sovet Ittifoqi Qahramoni, shuningdek, boshqa jangovar mukofotlaridan mahrum etish bo‘yicha qaror chiqaradi. Oradan yana uch kun o‘tib, u Markaziy Qo‘mita a’zoligidan o‘chiriladi va mudofaa xalq komissari o‘rinbosarligi lavozimini tark etadi.

    Shunga qaramay, Stalin Kulikka ikkinchi imkoniyatni taqdim etadi. Ammo u Volgabo‘yi harbiy okrugi qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimga tayinlansa-da, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlamaydi. 1947-yilda Kulik generallar Vasiliy Gordov hamda Filipp Ribalchenko bilan “xiyonatga moyillik va terrorchilik tahdidlari” uchun hibsga olinadi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Kulik va Gordovga qo‘yilgan ayblovning asosini MGB (Davlat xavfsizlik xizmati) tomonidan tayyorlangan audioyozuv tashkil etadi. Unda ikki qo‘mondon Kuybishevdagi xizmat joyidan Moskvaga yig‘ilishga  kelganida, mehmonxonada mast holatda Stalin haqida haqoratli gaplarni aytgani yozilgan. Shishadoshlar armiya va maxsus xizmatlarni “tirranchalar” boshqarayotgani, o‘zlarini esa sababsiz chetlashtirilayotgani haqida gapiradi. Ayniqsa, ular Beriya va Nikolay Bulganinni juda ko‘p yomonlaydi. Generallar mehmonxona devorlariga suhbatni yozib olayotgan qurilmalar o‘rnatilganidan bexabar edi va bu xato ularning boshiga yetadi.

    1950-yil 24-avgust kuni SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi ularning uchovini ham oliy jazo — otuvga hukm qiladi. Hukm ijrosini Beriyaning shaxsan o‘zi nazorat qiladi.

    24.08.2024, 18:42   Izoh (0)   55266
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Atom bombasining cho‘qintirgan otasi” — SSSRdagi atom loyihasi rahbari Kurchatov taqdiri

    10.08.2024, 19:31

    Sirli razvedkachi. Dunyoni yadroviy urushdan qutqarib qolgan Feklisov taqdiri 

    17.08.2024, 18:04

    Salyeri rostdan ham Motsartni zaharlaganmi? Mish-mishlar va tuhmat domida qolgan bastakor taqdiri

    23.08.2024, 21:30

    BAA “Tolibon”ni tan olmagan bo‘lsa-da, Afg‘oniston ishonch yorliqlarini qabul qildi

    24.08.2024, 17:48

    Lukashenko Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi  

    24.08.2024, 16:45

    BMT: Isroil avgustda G‘azo uchun 125 ta gumanitar missiyani rad etdi

    24.08.2024, 15:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.