• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishga 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi

    Joriy yil 22-avgustdan “Tashabbusli byudjet” jarayonining ikkinchi mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Shu munosabat bilan bugun AOKAda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari va OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.   

    Unda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat byudjeti siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Shohruh Ishonqulov, Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Azimjon Hasanov va mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi Habibulla Hamidov “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2024-yilgi II mavsumi uchun ajratilgan mablag‘, ilgari surilgan loyihalar va ovoz berish jarayoni haqida atroflicha ma’lumot berdi.

    Foto: Google Images

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat byudjeti siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Shohruh Ishonqulov qayd etganidek, “Tashabbusli byudjet” jarayonini tashkil etishda fuqarolarning faolligi ushbu loyihaning yanada ahamiyatli ekanini ko‘rsatmoqda.   

    “Ushbu mavsumda fuqarolar tomonidan 27 mingdan ortiq loyiha ilgari surilgan. Shundan 23 mingdan ortiq qismi ishchi guruhlar tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq tanlab olindi va ovoz berish jarayoniga o‘tkazildi. G‘olib loyihalarni moliyalashtirish uchun 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda. Joriy mavsumning avvalgi mavsumlardan farqli tarafi shundaki, endilikda “Tashabbusli byudjet” jarayonlari 4 bosqichda o‘tkaziladi.

    Ya’ni, 6—26-iyul kunlari taklif kiritish bosqichi, 26-iyuldan 15-avgustga qadar moderatsiya bosqichi, 15—22-avgust kunlari saralashdan o‘tgan loyihalar bo‘yicha targ‘ibot bosqichi va 22-avgustdan 1- sentyabrga qadar saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hammamizga ma’lumki, 2024-yil “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining  1-mavsumidan boshlab “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili joriy etilgan. Bu esa har bir fuqaroning ovoz berishda bir marotaba ishtirokini ifoda etadi”, deydi Shohruh Ishonqulov.   

    Ta’kidlash kerakki, “Tashabbusli byudjet” jarayoni yildan yilga takomillashib bormoqda. Bunda bevosita keng jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan takliflar muhim ahamiyat kasb etyapti. Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Azimjon Hasanov bu boradagi o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi.   

    “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi 787-IV sonli qaroriga asosan “Tashabbusli byudjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu jarayon bevosita keng jamoatchilik, jumladan, faol fuqarolar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda deputatlarning takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

    Unga ko‘ra, barcha mahallalar uchun g‘olib bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida endilikda “Tashabbusli byudjet” doirasida so‘nggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahalla (tashkilot)lar uchun navbatdagi ikki mavsum doirasida tanaffus e’lon qilinadi. Ushbu mahallalar uchun loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi. Mazkur tartib, ya’ni tanaffus qo‘llash amaliyoti 2025-yil 2-mavsumdan boshlab qo‘llanadi.

    Bu esa, o‘z navbatida, bir necha mavsumdan beri jarayonlarda ishtirok etib kelayotgan, lekin to‘plagan ovozlari miqdori aholi soni katta mahallalarning to‘plagan ovozlari sonidan kam bo‘lgan mahallalarga g‘olib bo‘lish imkoniyatini beradi. Shuningdek, ovoz berishga byudjet tashkilotlari xodimlarini majburiy jalb etish holatlarini qayd etish bo‘yicha “qaynoq liniya” ishga tushirildi.

    Ovoz berish bosqichi yakunlanib, “Ochiq byudjet” portali tomonidan g‘olib loyihalar aniqlanganidan so‘ng Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan keyingi o‘rinlardagi g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha tarzda g‘olib deb e’lon qilish vakolati ham berildi. Masalan, birinchi mavsumda 50 dan ziyod loyiha ana shunday tartibda g‘olib bo‘ldi”, deydi Azimjon Hasanov.   

    Shuningdek, tadbirda har bir g‘olib loyihalar ijrosi ishchi komissiya tomonidan har oy joyiga chiqqan holda o‘rganilishi va uning natijalari yuzasidan fotomateriallar “Ochiq byudjet” portalidagi “Sayyor-monitoring” bo‘limida aks ettirilishi kabi qator tartib-tamoyillar haqida ham so‘z yuritildi.  

    22.08.2024, 19:35   Izoh (0)   5961
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    5-sentyabrdan 3-oktyabrgacha Toshkentda sovuq suv navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi

    22.08.2024, 18:59

    Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi

    22.08.2024, 18:00

    Ilhom Aliyev Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

    22.08.2024, 17:24

    2024-yilning yanvar-iyun oylarida qurilish tarmog‘ida yaratilgan qo‘shilgan qiymat qanchaga o‘sgan?

    22.08.2024, 17:01

    Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev yodgorligi majmuasida bo‘ldi

    22.08.2024, 16:53

    Ozarbayjon prezidenti rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi (foto)

    22.08.2024, 16:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.