Parij Olimpiadasida taekvondo uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
![](/static/2024/08/10/photo_2024-08-10_15-27-34-hkllhfUX.jpg)
+67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Svetlana Osipova yarim finalda janubiy koreyalik Li Dabinga qarshi bahs olib bordi.
Ilk raundda Svetlana faollik evaziga (3:3) g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi raundda ham raqibidan ustun kelgan (9:5) Osipova final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Shu tariqa Svetlana Olimpiada medalini naqd qildi.
Izoh (0)