O‘zbekistonda 24—25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mabuot xizmati xabar berdi.
Hashar “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida o‘tkaziladi.
Hashar doirasida mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va boshqa joylar obodonlashtiriladi. Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami qo‘llab-quvvatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi. 3-sentyabr, seshanba ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 1-sentyabr — O‘zbekiston mustaqilligi kuni 2024-yilda yakshanba — dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2-sentyabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi. 31-avgust, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni bo‘ladi.
Izoh (0)