Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda ishlab chiqarilgan qurollarni va ularning jangovar qo‘llanilishi natijalarini namoyish qildi.
Siyosatchi o‘zining Telegram’dagi kanalida dengiz dronlari, zirhli mashinalar, raketalar, uzoq masofaga uchuvchi aviatexnikalar va artilleriya aks etgan videoni joyladi.
“Dengizda: Neptun, Sea Baby, MAGURA V5. Quruqlikda: Bogdana, Stugna, Korsar. Havoda: Bober, Morok, Lyutiy”, deya ta’kidladi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti mazkur ishlanmalar Qora dengizni tozalab, davlatga kuch-qudrat berayotgani va Rossiya salohiyatini yo‘qqa chiqarayotganini ta’kidladi. Zelenskiy Ukraina qurollarining qo‘llanilishi aks etgan kadrlarni namoyish qildi. Unda Rossiya texnikasining yo‘q qilinishi, havo hujumidan mudofaalanish, dushman nishonlariga zarba berilishi aks etgan.
Bundan tashqari, videoda Rossiya zavodlari va neftni qayta ishlash korxonalariga hujumlar, dushman kemalarining yo‘q qilinishi, Qora dengizda “Moskva” kreyserining cho‘ktirilishini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)