Toshkent shahri va Andijon viloyatidagi savdo do‘konlaridan aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.B.” MCHJ savdo do‘koni sotuvchisi A.E. xaridorga aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan umumiy bahosi 128,3 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 29 turdagi jami 1 496 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “N.M.” MCHJ rahbari S.O. Andijon tumani “Kuygan-yor dehqon bozori” MCHJ hududidagi do‘konida xaridorga xorijda va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 50 quti tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan jami 7 480 quti hujjatsiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)