Yaponiyalik fotograf Key Sugimoto 2001-yil 11-sentyabrda Nyu Yorkda professional kamera bilan tasvirga olgan olti daqiqalik videoni YouTube’ga joylashtirdi.
Fotograf hodisa paytida uyning tom qismida bo‘lib, Jahon savdo markazining (WTC) ikkala minorasi qulashini kameraga muhrlagan. Sugimotoning so‘zlariga ko‘ra, u bu fojiani egizak minoradan bor-yo‘g‘i bir necha kvartal narida turib suratga olgan.
“2001-yil 11-sentyabrda Jahon savdo markazi qulashi paytida men suratga olgan kadrlar. Nyu Yorkdagi Sent-Marks-Pleys ko‘chasidagi 64-uyning tomidan Sony VX2000 telekonvertorli kamerasi bilan olingan”, deydi fotograf.
AQSHda 2001-yil 11-sentyabrda “Al-Qoida” terrorchilari to‘rtta samolyotni o‘g‘irlab ketib, insoniyat tarixidagi eng yirik teraktlardan birini uyushtirgan edi — fojiada uch mingga yaqin odam halok bo‘lgan. Samolyotlarning ikkitasi Nyu Yorkdagi Jahon savdo markazi binolariga, yana ikkitasi Pentagonga qarab yo‘naltirilgan. Taxminlarga ko‘ra, ularning so‘nggi nishoni Kapitoliy yoki Oq uy bo‘lgan, lekin samolyotlardan biri Pensilvaniyada qulab tushgan.
Izoh (0)