Rossiyaning Leningrad viloyatida Qirg‘izistonning bir nafar va O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Hodisa 24-iyul kuni Kamennogorsk shahri Berezovaya xiyobonidagi 4-uy yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga politsiya xodimlari yuborilgan. 25-iyul kuni hodisani qo‘zg‘atgan shaxslar qo‘lga olinib, ulardan temir tayoq olib qo‘yilgan.
Qirg‘iziston fuqarosi o‘rtacha og‘irlikda kasalxonaga yotqizilgan. Ma’lumotni Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi tasdiqlagan. Mushtlashuv sabablari haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)