Raqobat qo‘mitasi qarorining qonuniyligi sud tartibida ko‘rib chiqildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq narxlarni sunʼiy oshirish yo‘li bilan katta miqdorda daromad olgan “Navoiyazot” AJga nisbatan chora ko‘rilishi haqida xabar berilgandi.
Qo‘mita tomonidan mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan “Navoiyazot” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida narx manipulyatsiyalari holatlari aniqlangandi.
“Navoiyazot” AJ tomonidan mazkur qaror va ko‘rsatma ustidan Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudiga shikoyat qilingan bo‘lib, mazkur qaror va ko‘rsatmani haqiqiy emas deb topish so‘ralgan.
Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2024-yil 23-iyuldagi hal qiluv qarori bilan “Navoiyazot” AJning shikoyati rad etildi.
Izoh (0)