Farg‘ona viloyatida “Osmonda qora bulut, Farg‘ona xavfli hudud” — deya video olganlar barchadan uzr so‘radi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Unga ko‘ra, 1994-yilda Quva tumanida tug‘ilgan Farg‘ona shahr Shifokorlar ko‘chasida yashovchi erkak o‘zining Instagram sahifasida “Shoqollar” sarlavhasi ostida zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi shu kabi videolarni joylashtirgan.
Videolarning birida “Osmonda qora bulut, Farg‘ona xavfli hudud”, degan jumla ishlatilgan. Holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Bilib-bilmasdan xato ish qilib qo‘ydik. Chin dilimizdan pushaymonmiz. Har bir gaplaringizni o‘ylab, fikrlab, maslahatlashib video olinglar, iltmos. Biz qilgan ishimizdan afsusdamiz. Ming bor uzr, kechiringlar, xato qildik”, — deydi u.
Bundan tashqari, u bilan videoda birga tushgan qiz va yigitlar ham ommadan uzr so‘radi va pushaymonligini bildirdi.
Izoh (0)