Ijtimoiy tarmoqlarda 21 yoshli qiz viloyatliklarni haqoratlagani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mazkur video tarqalgach, qiz Ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan va unga nisbatan sud majlisi o‘tkazilgan. Sud hukmiga ko‘ra, qiz 15 sutkaga qamaldi. U qilgan ishi uchun barchadan kechirim so‘rab, boshqa haqoratlamasligini taʼkidladi.
“Tanishim bilan aylangani chiqqan edik. Odam juda ko‘p bo‘lgani sababli kayfiyatimiz buzildi. Tirbandliklar ko‘pligi tufayli jahlim chiqib, jahl ustida gapirdim. Ortiqcha gapirib qo‘ydim. Tanishim telefon qilib, videoyim tarmoqlarda tarqalayotganini aytdi. Keyin jonli efir qildim. Jonli efirda ham hamma negativ yoza boshladi. Uzr so‘ramadim. Negativ yozishgani uchun jahlim chiqib, yana haqoratli gaplar gapirib qo‘ydim. Boshqa unday qilmayman. Viloyatliklarni ajratib, unaqa maʼnoda gapirmaganman. Odam ko‘pligi uchun jahl ustida haqoratli so‘zlar bilan gapirganman. Hammadan kechirim so‘rayman”, — deydi qiz.
Izoh (0)