Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi bo‘ylab davlat raqam belgisi 01 F 222 FB bo‘lgan Tracker-2 avtomashinasi haydovchisi yuqori tezlikda harakatlanganligi aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirildi.
Tracker-2 avtomashina haydovchisi 1996-yilda tug‘ilgan Farrux ismli shaxsga tegishli bo‘lgan transport vositasining hujjatlari tekshirilganda ruxsatnomasiz avtomashinaga qayta jihoz o‘rnatgani aniqlandi.
Unga nisbatan MJTKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi va mashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Izoh (0)