O‘zbekiston 2024-yilning yanvar—may oylarida xorijga qiymati 420,1 mln dollarga teng bo‘lgan 722,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,4 foizga yoki 68,3 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (32,7 foiz), Pokiston (19,7 foiz), Qozog‘iston (15,3 foiz) va Xitoy (7,8 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2024-yilning yanvar—may oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,9 foizini tashkil etgan.
Izoh (0)