O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-aprel oylarida xorijga qiymati 298,5 mln dollarga teng bo‘lgan 514,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 43,3 foizga yoki 155,6 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (26,3 foiz), Pokiston (24,2 foiz), Qozog‘iston (13 foiz) va Xitoy (9,3 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2024-yilning yanvar-aprel oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,5 foizini tashkil etgan.
Izoh (0)