Livanning “Hizbulloh” guruhi 27-iyun kuni Isroilga qariyb 40 ta raketa uchirdi. Bu haqda Times of Israel xabar berdi.
Hujum oqibatida Isroilning Safed, Rosh Pinna va Yuqori Jaliladagi shaharlarida havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar yangradi. Yahudiy davlatining mudofaa kuchlari uchirilgan raketalarning yarmi “Temir gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tutib olinganini aytdi.
Raketa qismlari qulashi natijasida Sfat shahri yaqinida va Biriya o‘rmonida yong‘in kelib chiqqan. Shaharga bir qancha raketa parchalari ham qulagan. Sapyorlar hodisa joyiga jalb qilingan, aholidan xavfli predmetlarga yaqinlashmaslik so‘ralgan.
“Hizbulloh” hujumga Isroilning 26-iyun kuni Livanga bergan aviazarbalari va buning oqibatida “Hizbulloh” harbiy-havo kuchlari aʼzosi Ahmad Ala ad-Din o‘ldirganini sabab qilib ko‘rsatgan.
Izoh (0)