Andijon shahrida 16 yoshli yigit ko‘p qavatli uy tomidan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa 21-iyun kuni soat 03:30 larda yuz bergan. Voyaga yetmagan K.M. ota-onasi vafot etgani sababli bobosining qaramog‘ida yashab kelgan.
Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil aprel oxirlarida Toshkent shahridagi xonadonlarning birida erkak spirtli ichimlik taʼsirida o‘zini yoqib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mart boshlarida bo‘lsa Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi 23 yoshli kelin adirlik hududida o‘ziga benzin quyib, yoqib yuborgan edi.
Izoh (0)