Rossiyaning Qozon shahrida BRICS sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston boks terma jamoasi 19-iyun kuni o‘z ishtirokini o‘tkazdi. 11 nafar bokschi raqiblariga qarshi ringga ko‘tarildi.
+92 kg vazn toifasida harakat qilgan Bahodir Jalolov Xitoy vakili Remula Abudurixitiga qarshi jang qilib, g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
19-iyun kungi janglar natijalari bilan tanishing:
- -48 kg vazn toifasida Saidaxon Rahmonov rossiyalik Lia Patlayga imkoniyatni boy berdi;
- -50 kg vazn toifasida Sabina Boboqulova hindistonlik Anamikaga mag‘lub bo‘ldi;
- -54 kg vazn toifasida Nigina O‘ktamova hindistonlik Soniyani mag‘lubiyatga uchratdi;
- -60 kg vaznda Rashida Tagirova belaruslik Alla Ivashkevichga ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi;
- -66 kg vazn vakili Hadichabonu Abdullayeva Hindiston vakili Manju Bamboriyaga imkoniyatni boy berdi;
- -75 kg vaznda Aziza Zokirova belaruslik Alina Veberni mag‘lubiyatga uchratdi;
- +81 kg vazn toifasida Diyoraxon Abdumannobova hindistonlik Nupurga imkoniyatni boy berdi;
- -60 kg vazn toifasida Dilshod Abdumurodov ozarbayjonlik Maqsud Hasmetovni mag‘lub etdi;
- +71 kg vaznda Havasbek Asadullayev afg‘onistonlik Farazahmat Amirini mag‘lubiyatga uchratdi;
- -92 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Madiyor Saidrahimov, o‘z bahsida qirg‘izistonlik Bakit Toktosunni mag‘lubiyatga uchratdi.
Izoh (0)