Saudiya Arabistonida haj vaqtida Iordaniyadan kelgan 14 nafar ziyoratchi vafot etdi. Bu haqda Saudiya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 17 nafar ziyoratchi bedarak yo‘qolgan. Anomal jazirama tufayli kamida olti nafar ziyoratchi halok bo‘lgan: 17-iyun kuni kechqurun Makkada havo harorati +47 darajaga yetishi kutilmoqda. Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi havo harorati keskin ko‘tarilishidan ogohlantirgan va ziyoratchilardan soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda bo‘lmaslikni so‘ragan.
Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi Saudiya hukumati bilan marhumlarning jasadlarini ularning oilalari xohishiga ko‘ra dafn etish yoki tashish tartib-qoidalarini muvofiqlashtirayotganini aytdi.
Izoh (0)