Yevrokomissiya Ukrainaning YIga kirishi bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qilmoqchi, deya Financial Times (FT) xabar berdi.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Yevrokomissiya Ukraina korrupsiyaga qarshi choralar, siyosiy lobbichilikni cheklash, mansabdor shaxslarning mulkini deklaratsiyalash qoidalari va tillarni himoya qilish bilan bog‘liq mezonlarga allaqachon javob berganini e’lon qilmoqchi.
Yevrokomissiya shu yo‘l bilan, birinchi navbatda, Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqchi va Yevropa Ittifoqiga raislik 1-iyulda Vengriyaga o‘tgunga qadar tavsiyalarni aytishga va Kiyev bilan muzokaralarni boshlashga shoshilmoqda, —deyiladi xabarda.
Vengriya Ukrainaning YIga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar boshlanishiga e’tiroz bildirishi kutilmoqda. Nashrga ko‘ra, hozirda YIga raislik qilayotgan Belgiya muzokaralarning birinchi bosqichini 25-iyun kuni o‘tkazmoqchi.
FT Yevroittifoqqa qo‘shilish niyatini eʼlon qilgan Ukraina buning uchun zarur bosqichlarni juda tez bosib o‘tayotganini taʼkidlagan.
Izoh (0)