Andijon viloyati Xonobod shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro U.X. avtomobillarni yuvish shoxobchasini tashkil etib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga yashirincha ulanib, jami 126 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)