• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tadbirkor Anvar Abduqayum JSTga qo‘shilish zarar ekanini aytdi. Iqtisodchilar qanday fikrda?

    Ijtimoiy tarmoqdalar tadbirkor va “Toybola toys” asoschisi Anvar Abduqayumni “Milliy TV”ning “Gapirmasak bo‘lmaydi” tok-shousida O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkiloti (JST)ga kirishi masalasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvda bildirgan fikr-mulohazalari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

    Tadbirkorning aytishicha, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni bankrot qilishi mumkin.

    “Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo bo‘lgan. Nima bu mamlakatlar kuchayib ketdimi? Ularning bozorini xorijiy kompaniyalar egallab oldi. Hozir bu davlatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya olmayapti. O‘zimni Chimkent va Olmaotada bir qancha tadbirkor shogirdlarim bor. Ular bankrot bo‘lmoqda. Sababi JSTga aʼzo davlatlarda katta imtiyozlar bo‘ladi. Hozir O‘zbekistonda o‘rtacha kompaniyalarning yillik daromadi 1-10 million dollar atrofida. Lekin ularni yillik daromadi 1 milliard dollar. Ular bilan qanday raqobat qilish mumkin? Menda 1 dona marketolog bor. U kompaniyada bo‘lsa 50 ta. Aslida bizda eng katta muammo – pul. Hozir nima uchun tadbirkorlarimiz keyingi bosqichga o‘ta olmayapti? Chunki kerakli va kam foizli kreditlar yo‘q. JSTga qo‘shilish kerak, faqat o‘z milliy manfaatlarimizni ilgari surgan holda. Xorij kompaniyalariga to‘siqlarni maksimal tarzda qo‘yish kerak”, – degan ko‘rsatuvda Anvar Abduqayum.

    “Daryo” O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi mahalliy ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga qanchalik zarar ekanligi borasida bir qancha mutaxassislar fikrini o‘rgandi.

    Iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul tadbirkor Anvar Abduqayumovning fikrlariga mutlaqo qo‘shilmadi.

    — Bu yerdagi asosiy argument – o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun xorijdagi ular bilan bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan raqobatchilar juda qudratli. Yaʼni o‘zbekistonlik tadbirkorlar mahalliy bozorda ular bilan teng raqobat qila olmaydi. Bu yalqovlik. Men buni proteksionizm siyosatini yuritish orqali yuzaga kelgan bir yalqov tadbirkorning gapi deb hisoblayman. Chunki o‘zbekistonlik tadbirkorni xorijlik tadbirkorlar bilan raqobat qila olishida 2 ta muhim sabab mavjud.

    Birinchisi – xorijlik tadbirkor O‘zbekistonga albatta boj to‘lab kiradi. JSTga aʼzo bo‘lish davlatlar o‘rtasida boj yo‘qoldi, degani emas.

    Ikkinchisi – bu logistika. Chunki O‘zbekistonga kirib keladigan mahsulotlar yo temiryo‘lda yoki avtomobil yo‘li orqali keladi. Bu esa mahsulot tannarxini oshishiga sabab bo‘ladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchi oldida ham logistik muammo bor. Lekin u xorijlik tadbirkorga o‘xshab katta masofani bosib o‘tmaydi.

    O‘zbekistonni JSTga aʼzo bo‘lishi eng avvalo isteʼmolchiga – arzon va sifatli mahsulotni raqobatbardosh bozordan tanlab olish imkoniyatini beradi”, – dedi iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul.
    Iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul
    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi boshqaruv kengashi raisi, xalqaro iqtisodchi Muxtor Umarov tadbirkorning gapida jon borligini taʼkidladi.

    —Notiqning gapida jon bor. Biz JSTga qo‘shilishimizdan oldin tadbirkorlarimiz ular bilan raqobatbardosh bo‘lishi zarur. Ayniqsa, moliya borasida. Hamkor mamlakatlarchalik darajada sharoit bo‘lmasa, ishlab chiqarishlar qiyin ahvolga tushadi. Shundoq ham qiyin ahvolda turgan korxonalar yana ham qiyinroq ahvolga tushadi, – dedi Muxtor Umarov.

    “Gaplarida asos bor: qaysi tashkilotga aʼzo bo‘lish emas, qanchalik raqobatbardosh (mamlakatda, mintaqada, dunyoda) bo‘lishingiz muhim”, – deya yozdi X tarmog‘ida iqtisodiy tahlilchi Abdulla Abduqodirov.
    Xalqaro iqtisodchi Muxtor Umarov
    Foto: “Daryo”

    Yana bir iqtisodiy tahlilchi Murod Ahmedov esa Jahon savdo tashkilotining nizomlarida ichki bozorni himoya qiluvchi bandlar borligini ta’kidladi.

    “Agar Jahon savdo tashkilotiga uzoq muddatda a’zo bo‘lsak yaxshi. Lekin qisqa muddatda tashkilotga qo‘shilish ichki bozorni biroz tebratadi. O‘zbekiston tashkilotga qo‘shilsa faqat ijobiy tendensiya yuz beradi. To‘g‘ri, tadbirkorlarimiz hali raqobat muhitiga tayyor bo‘lmasligi mumkin. Biroq birdaniga chegaralar ochib yuborilmaydi.

    Bu tadbirkor o‘z nuqtayi nazaridan masalaga yondashmoqda va albatta raqobat bo‘ladi. Bu raqobatda g‘olib bolish oson ish emas. JSTga 5-10 yilda qo‘shilish ijobiy hisoblanadi. Xorijdan kompaniyalar kelsa, ular bilan birga mamlakatga zamonaviy texnologiya va sifatli kadrlar keladi. Ya’ni ichki bozorda ijobiy o‘zgarish sodir bo‘ladi.

    JSTga o‘z vaqtida kirmaganimiz uchun hozir biz Qozog‘istondan ancha orqadamiz. Oddiy misol, O‘zbekistonda jami bank tizimining kapitali 10 milliard dollarni tashkil qiladi. Lekin Qozog‘istonning “Qzbank” kapitali 18 milliard dollar. Agar O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilsa, xorijdan investitsiya kirishi ko‘payadi. Shunda faqat rangli metall sotish bilan shug‘ullanmaymiz”, – dedi iqtisodiy tahlilchi Murod Ahmedov. 

    Foto: WTO

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi yuzasidan ishchi guruh 1998-yilda tashkil etilgan edi. Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marta uchrashdi va 2005-yillarning o‘rtalariga kelib bu borada xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar to‘xtab qolgandi.

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 2020-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishi bilan rasman qayta tiklandi. Shundan so‘ng 2022-yil iyun, 2023-yil mart va 2023-yil noyabr oylarida yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 3-iyun kuni qator davlat kompaniyalarining iqtisodiy faoliyat olib borish bo‘yicha eksklyuziv huquqlarini bekor qilish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Prezidentning bu farmoni JSTga aʼzo bo‘lish yo‘lida muhim qadam ekani aytilmoqda.

    04.06.2024, 13:10   Izoh (0)   9632
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi

    16.02.2024, 11:36

    “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” qator poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi

    04.06.2024, 10:40

    “O‘zenergosotish” bilan UzGasTrade’ning gaz va elektroenergiya tashqi savdosi bo‘yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi

    04.06.2024, 10:21

    Toshkent viloyatida tez yordam shifokori kaltaklandi

    04.06.2024, 12:54

    O‘zbekistonda aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar uchun aksiz solig‘i bosqichma-bosqich birxillashtiriladi

    04.06.2024, 12:45

    “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi uchun tanlov nega kechikayotganiga izoh berildi 

    04.06.2024, 12:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.