Prezidentning “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot taʼsis etiladi. Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025-yildan boshlab, har ikki yilda bir marta quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi va g‘oliblar aniqlanadi:
- o‘zbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
- o‘zbek adabiyotining sheʼriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
- o‘zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
- xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
- xorijiy tillarda yaratilgan sheʼriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
- xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima.
Xalqaro mukofot g‘oliblarining har biri maxsus diplom, ko‘krak nishoni va bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Izoh (0)