• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Singapurda “Halal In Travel — Global Summit-2024” mukofoti Buxoroga topshirildi

    Tahlillarga ko‘ra, 2023 yilda Buxoroda jami 1 million 387 ming nafar xorijiy sayyoh oqimi kuzatilgan. Joriy yil yanvar-aprel oylarida viloyatga xorijdan 455 ming 220 nafar sayyoh tashrif buyurgan. Viloyat iqtisodiga xorijiy sayyohlar tashrifidan 2023 yilda 339,1 million AQSH dollari tushum qayd etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yil 4 oyida 113,8 million AQSH dollari qiymatidan oshdi. Viloyatimiz sayyohlik tizimi rivojida ziyorat turizmi alohida o‘rin tutmoqda. 

    Ziyorat turizmi yo‘nalishida qadim va hamisha navqiron Buxoroi sharifga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni keyingi yetti yilda qariyb 12 baravarga ko‘paygani quvonarli, albatta. Ko‘hna zaminning ziyorat turizmiga doir salohiyati Indoneziya, Malayziya, Singapur, Turkiya, Brlashgan Arab Amirliklari, Eron davlatlari, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi respublikalar vakillari tomonidan e’tirof etilmoqda.

     

    Mazkur yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, yirik kompaniya va tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish maqsadida Buxoro viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov boshchiligadagi delegatsiya “Halal In Travel — Global Summit-2024” xalqaro anjumanida qatnashish maqsadida Singapur davlatida bo‘ldi.

    Singapurning “Crescent Rating” xalqaro tashkiloti tomonidan 30 may kuni o‘tkazilgan mazkur umumjahon sammitida 30 ga yaqin davlatning 80 nafardan ko‘proq vakili qatnashdi. Xalqaro anjumanning “Musulmon ziyoratchilarni Islom merosiga qaytarish” mavzusiga bag‘ishlangan muzokarlar va taqdirlash marosimida qatnashuvchilarga O‘zbekistonda turizm, xususan, ziyorat turizmi yo‘nalishidagi muhim ijobiy o‘zgarishlar taqdimot qilindi.

    Shu o‘rinda, nufuzli “Crescent Rating” tashkiloti faoliyati xususida to‘xtalib o‘tsak, unga 2008 yilda Singapurda ishbilarmon Fazal Baharddin tomonidan asos solingan bo‘lib, halol sayohatlar tadqiqotlariga bag‘ishlangan tashkilot hisoblanadi. Unda olib boriladigan tadqiqot va tahlillar natijasida har yili xalqaro reytinglar e’lon qilinadi.

    Kompaniya faoliyati mazmuni sifatida turizm sohasida musulmon sayohatchilar uchun yashash sharoitlarini yaxshilash zarurligini e’tirof etadi. 2015 yilda kompaniya “Halal Trip va Muslim Travel Warehouse” kabi onlayn platformalarni joriy etish orqali xizmatlarini kengaytirgan. 

    2011-2014 yillarda “Crescent Rating” har yili musulmon sayohatchilar uchun turar joy darajasiga ko‘ra mamlakatlar reytingini e’lon qilib bordi. Ushbu loyiha 2015 yilda “Mastercard” bilan hamkorlik qilib, “Global musulmon sayohatlari indeksi”ga aylandi. 

    2013 yil avgust oyida “Crescent Rating” musulmonlarni namoz vaqtlari va shu bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlardan xabardor qilishga mo‘ljallangan “Crescent Trips” mobil ilovasini ishga tushirdi.

    2013 yil dekabr oyida “Crescent Rating” musulmon sayohatchilar uchun “Halal Trip.com” veb-saytini taqdim etdi. Unda “halol” yorlig‘iga munosib restoranlar xalqaro ma’lumotnomasi mavjud. Keyinchalik 2015 yilda “Crescent Rating” kompaniyasi “Halal Trip.som” veb sayti uchun mobil ilovani ham ishlab chiqdi. Umuman, mazkur kompaniya musulmon sayohat bozori salohiyatini 2028 yilga borib 225 milliard AQSH dollariga yetishini bashorat qilmoqda.

    Sigapurda yuqori darajada tashkillashtirilgan “Halal In Travel—Global Summit-2024” umumjahon anjumaniga qaytsak, unda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. 

    Notiq o‘z chiqishida jumladan, mamlakatimizdagi islomiy meros inshootlariga oid batafsil ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashib, jumladan Imom Al Buxoriy merosi, Yetti Pir turkumiga mansub muqaddas qadamjolar, Bahouddin Naqshband silsilasi va boshqalar hamda bu ziyoratgohlarning musulmon sayyohatchilari uchun ahamiyatli bo‘lgan omillari va yaratilgan qulayliklar haqida batafsil to‘xtaldi.

    Islom dini, Qur’oni Karim va Hadis ilmining asl mazmun-mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, shu zamindan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy singari buyuk hadisshunos allomalar merosini har tomonlama o‘rganish, ularni keng targ‘ib va tashviq qilish borasida olib borilayotgan sa’y-harakat alohida e’tirof etildi. 

    Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston hukumati tomonidan yurtimizda ziyorat turizmi salohiyatini yanada rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, xorijlik sayyohlarni hududning noyob tarixiy-madaniy va me’moriy merosi bilan yaqindan tanishtirish borasidagi amaliy ishlar xususida so‘z bordi. 

    Qolaversa, mamlakatimizda turizm salohiyatini ziyorat yo‘nalishida yanada kengaytirish imkoniyatlari haqida “Crescent Rating & Halal Trip” tashkiloti asoschisi Fazal Baxarddin tomonidan tashkillashtirilgan “Musulmon ziyoratchilarni Islom merosiga qaytarish” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatida Buxoro viloyatining turizm, jumladan, ziyorat turizmi yo‘nalishidagi yutuqlari ko‘plarning qiziqishiga sazovor bo‘ldi.

    O‘z navbatida, Fazal Baxarddin tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ziyorat turizmi bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilayotgani, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirishga, maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratishga, turizm mahsulotlarini keng targ‘ib qilishga, shuningdek, mamlakatdagi sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash maqsadida olib borayotgan ijobiy ishlarini alohida ta’kidladi hamda tomonidan rasmiy taqdirlash jarayoniga start berdi.

    Mazkur marosimda Buxoro shahrining umumbashariy boy Islom merosini namoyish etishga doir doimiy sa’y-harakatlari, yilning Islom merosi yo‘nalishida sayohatchi nuqtai nazaridan yuqori darajadagi Islom tarixiy madaniyatiga ega ekanligini e’tirof etilgan holda “Buxoro shahri—yilning Islom merosi manzili” nomli mukofoti va sertifikati bilan taqdirlandi.

    Shu munosabat bilan umumjahon anjumanida O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan islohotlar samaradorligi yuqori baholagan holda bu yilgi “Halal In Travel—Global Summit-2024” mukofoti Buxoro viloyatiga topshirildi.

    Janob Fazal Baxarddin o‘z chiqishida yangilangan reytingni shakillantirishda va O‘zbekiston tomoni ushbu nufuzli mukofotga sovrindor bo‘lishiga qator omillar muhim ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidladi. 

    Bunda avvalo davlat ochiqligi, viza talablari, transport va infrastruktura qulayligi, shuningdek, kommunikatsiyalar mavjudligi, maqsadli marketing, muloqot qobiliyati, manfaatdor tomonlarning xabardorligi, qolaversa, muhit jozibadorligi, bunda xavfsizlik va tashrif buyuruvchilarga turar joy va boshqa qulayliklar yaratilgani, asosiy sayyohlik xizmatlari, noyob xalqaro tajriba va yangiliklar joriy qilinayotgani kabi jihatlarga to‘xtalib o‘tildi. 

    Xalqaro tashkilot asoschisi Fazal Baxarddin yuqoridagi omillarni va yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni inobatga olib, xalqaro reytingda O‘zbekiston Respublikasi 2021 yilga nisbatan 7-o‘ringa ko‘tarilganini va 2022 yil uchun yangilangan reytingda umumiy 9-o‘rinni egallab, Singapur hamda Bahreyn davlatlari qatorida top, ya’ni xalqaro reytingi yuqori hisoblangan peshqadam 10 ta davlat ro‘yxatidan o‘rin olganligini mamnuniyat bilan qayd etdi.

    Bundan tashqari, Singapurdagi xizmat safari va xalqaro nufuzli anjuman jarayonida Botirjon Shaxriyorov boshchiligidagi Buxoro viloyati delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Singapurdagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Qayumov bilan hamkorlikda bir qator xorijiy tashkilot va kompaniyalar rahbarlari bilan o‘zaro muzokaralar olib bordi.Jumladan, “Pacific Asia Travel”—Tinch Okeani Osiyo sayohatlar uyushmasi elchisi, janob Son Xva Vong, Filippin turizm departamenti kotibi muovini Myra Paz Valderossa, Islom turizm markazi bosh direktori, janob Nizran Nurdin, Janubiy-Sharqiy Osiyoda murojaatlar bilan ishlash markazi vise-prezidenti Aisha Islom, “Silk Road Fund CO.LTD”—Ipak yo‘li jamg‘armasi prezidentining kengash a’zosi Chai Xuejin, Singapur musavvirlari va tijorat uyushmasi bosh menedjeri Mehriban Esin Arslan singari o‘nga yaqin kompaniya mutasaddilari serquyosh mamlakatimizning ko‘hna va hamisha navqiron Buxoro shahri va uning bugungi sayyohlik salohiyati, mavjud imkoniyatlar haqida qiziqish bildirishdi. Samimiy va do‘stona ruhda kechgan muloqotlarda kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doir hamkorlik masalalari kelishib olindi.

    02.06.2024, 19:19   Izoh (0)   3691
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyda qalbaki alkogol va aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

    02.06.2024, 19:11

    Namanganda telefon sotish haqidagi yolg‘on eʼlon orqali fuqaroni chuv tushirgan yigit ushlandi

    02.06.2024, 18:35

    “Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaradosh hududlarida hamkorlik orqali umumiy farovonlik” loyihasi yakuniga etdi

    02.06.2024, 17:40

    Toshkent havosida kislorod yetishmovchiligi kuzatilgani aytilmoqda

    02.06.2024, 16:55

    Qatar Airways O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshladi (foto)

    02.06.2024, 15:25

    O‘zbekistonda inflyatsiya keskin ko‘tarildi. Qaysi tovar va xizmatlar narxi oshgani maʼlum qilindi

    02.06.2024, 14:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.