• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Sud prokurorsiz o‘tdi, sudlanuvchi sudyaga “otvod” berdi: Olmazor tuman sudida noodatiy holat kuzatildi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida sudya Valisher Karamonov raisligida 50 million so‘mga “uchastka”, 25 million so‘mga “kvartira”, 5 million so‘mga esa yangi avtomobil olib berishni va’da qilib, fuqarolarning salkam 7 milliard so‘m pulini o‘zlashtirgan jinoiy guruh ishi ko‘rib chiqilmoqda. Mazkur sud jarayonida noodatiy holat kuzatildi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

    Foto: “Daryo”

    Sud avvalida OAV vakillarining ochiq sud majlisida qatnashish to‘g‘risidagi iltimosnomalarini muhokama qilgan sudya faqatgina sudlanuvchilar va ularning advokatiga yuzlanib, jarayon OAVda yoritilishiga munosabatini so‘radi. Ammo jabrlanuvchilardan bu haqda so‘ralmadi. Sudda qatnashayotgan bir nafar advokat bu so‘rovga javoban OAV vakillarining jarayonni yoritish-yoritmasligi haqidagi iltimosnoma taqdirini hal qilishni sud ixtiyoriga qoldirishini bildirdi. Uch nafar sudlanuvchining ikki nafari esa jarayonda OAV vakillarining syomka qilishiga qarshiligini aytdi. Shu ish bo‘yicha sudlanayotgan bloger esa jurnalistlar ishtirokiga qarshi emasligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng sudya jarayonni syomka qilishni taqiqladi. Faqat jurnalistlar, operatorlarsiz kuzatuvchi sifatida o‘tirishlari mumkinligi qo‘shimcha qilindi. 

    Keyin sud majlisi boshlandi. Biroq, prokuror ishtirok etayotgani e’lon qilinsa-da, sud zalida prokuror yo‘q edi. Sud majlisi prokurorsiz davom ettirildi. 

    Sud majlisi davom etayotgan paytda sudlanuvchilardan biri “Avto 60 oy” ishi bo‘yicha sudlanib, qamalib chiqqan Jamshid Bahodirov sudga 3 ta iltimosnoma kiritganini, hali bunga javob berilmaganini, qo‘shimcha iltimosnomasi borligini gapirdi. Sudya esa bunga javoban jabrlanuvchilarni tinglab bo‘lgach, unga iltimosnoma uchun so‘z berilishini aytdi. Biroz o‘tib, sudlanuvchi yana izn so‘radi va iltimosnomasini eshitishi kerakligini ta’kidladi. Sudya uni keyinroq tinglashini takrorladi. Uchinchi marotaba sudyaga murojaat qilgan sudlanuvchi sudyaga “otvod” berishini, sudya uni eshitmayotganini, ishni bir tomonlama ko‘rayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, sudyaning adolatiga shubha qilayotganini aytdi.

    Bunga javoban sudya mazkur talabni muhokama qilmasligini, faqatgina sudlanuvchini eshitishga tayyorligini, uni jabrlanuvchilarni tinglab bo‘lgach, eshitishini bildirdi. Qolaversa, bunday paytda sudya faoliyatini rad etish o‘rinsizligini qo‘shimcha qildi. 

    Sud 2024-yilning 3-iyun kuni soat 14:00 ga qadar tanaffus e’lon qildi.

    31.05.2024, 12:20   Izoh (0)   12177
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Advokat keyingi sudga ham kelmasa, hindistonlik sudlanuvchiga davlat advokati beriladi”. “Dok-1 Maks” sudi majburiy tanaffus e’lon qildi 

    17.05.2024, 17:32

    O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisiga ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi

    20.05.2024, 16:40

    “Dok-1 Maks” ishini ko‘rayotgan apellyatsiya instansiyasi sudni prokurorsiz davom ettirdi. Bu jamoatchilikka ochiqlangach, prokuror sud zaliga qaytdi 

    21.05.2024, 16:25

    Saida Mirziyoyeva “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmi premyerasida ishtirok etdi

    31.05.2024, 11:31

    Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi

    31.05.2024, 11:26

    Eski tartibga qaytildi: vazirliklar eshigida sarson bo‘lgan quruvchilar muammosi hal etildi

    31.05.2024, 10:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘iston bir necha oydan so‘ng AZAL samolyoti halokati haqida hisobot tayyorlaydi

    Dunyo | 8 avgust, 08:42

    Isroil Livanga raketalar uchirdi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 8 avgust, 08:37

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.