“O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil II choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Tarmoqlar va hududlar tomonidan xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq 2024-yil II choragida 8,12 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, 7,27 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlar, 853,8 million dollar miqdorida – davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar o‘zlashtiriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2024-yil II choragida tarmoqlar va hududlar kesimida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
- 2024-yil II choragida investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur;
- 2024-yil II choragida ishga tushiriladigan yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarining manzilli ro‘yxati;
- O‘zbekiston nomidan yoki davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
- To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 20-maydan kuchga kirdi.
Avvalroq Toshkent III xalqaro investitsiya forumida 26,6 mlrd dollarlik shartnomalar imzolangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)