Isroil askarlari 21-may kuni G‘azo sektori janubidagi Rafah shahri yaqinida joylashgan Yabna qochqinlar lageriga hujum qilishi oqibatida 5 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Falastinning WAFA nashri Isroil hujumini tasdiqlagan. Havo kuchlari lagerning turli ismlariga seriyali hujum uyushtirgani xabar qilingan.
Rasmiylar hujum oqibatida 5 nafar fuqaro halok bo‘lganini bildirgan. Bir nafar fuqaro o‘ta og‘ir darajadagi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.
Halok bo‘lgan besh nafar shaxsning 3 nafari voyaga yetmagan bolalar ekani aytilgan. Bolalar kuchli qon yo‘qotish va tana aʼzolarining kuchli darajada ezilishi oqibatida vafot etgan.
Bir qancha Yaqin Sharq manbalari Isroilning G‘azodagi turli nuqtalarga bergan zarbalari oqibatida yana 8 nafar shaxs halok bo‘lganini yozgan. Hujumlar Rafahdan ko‘chirilgan fuqarolar joylashtirilgan gumanitar zonalarda ham amalga oshirilgan.
Izoh (0)