Farg‘ona viloyatida qidiruvdagi yana bir jinoyatchi qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
U Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi, 109-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Jinoyatchi viloyat Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibni saqlash boshqarmasi post-patrul xizmati batalyoni tumanlararo PPX otryadi xodimlari tomonidan ushlangan.
“Hurmatli fuqarolar, qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi”, — deyiladi IIB murojaatida.
Izoh (0)