“O‘zgidromet” 20-may, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda.
- Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.
19—22 mayda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Izoh (0)