Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari Xarkovga yaqinlashayotgan vaziyatda ABC News telekanaliga intervyu berdi. Unda u hozirgi vaziyatga butun dunyo aybdor ekanligini aytdi. Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Xarkovni yo‘qotishga haqqi yo‘q, ammo shahar atrofida vaziyat juda jiddiy.
“Bu butun dunyoning aybi. Ular Putinga bostirib kirish imkoniyatini berishdi. Ammo endi bu hujumni qaytarish uchun dunyo yordam bera oladi”, — dedi Zelenskiy.
Ukraina rahbari jurnalist bilan suhbat chog‘ida harbiy gospitalga tashrif buyurdi. U yerda yaralangan askarlar bilan suhbatlashib, ularga mukofotlar topshirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha kun ichida halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni yuzlab odamlarni tashkil qilgan.
Avvalroq Zelenskiy Ukraina ikkita Patriot havo mudofaa tizimini olmasa, Xarkovni yo‘qotishi mumkinligini aytib o‘tgandi.
Izoh (0)