29 yoshli britaniyalik bokschi Sherif Laval o‘zining debyut jangida raqibidan zarba o‘tkazib yuborib, vafot etdi.
12-may kuni Londonda o‘tkazilgan turnirda Laval portugaliyalik Malam Varelaga qarshi ringga ko‘tarilgan. Varelaning zarbasidan so‘ng bokschi hushidan ketgan. Shifokorlar 10-15 daqiqa Lavalga yordam berishga uringan, biroq uni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.
BoxingScene manbasining xabar berishicha, jang uchinchi raundgacha teng kurashlar ostida davom etgan, raund tugashiga bir necha soniya qolganda Sherif raqibidan zarbani o‘tkazib yuborgan. To‘rtinchi raund boshida esa bokschining ahvoli yaxshidek ko‘ringan, lekin yana bir zarbadan so‘ng ringga yiqilgan.
Britaniya boks nazorati kengashi sportchining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, Laval boks bilan 2018 yildan beri shug‘ullanib kelgan. Uning raqibi portugaliyalik Malam Valera esa allaqachon 6 ta professional jang o‘tkazishga ulgurgan.
Izoh (0)