Shavkat Mirziyoyev mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqishga alohida to‘xtaldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mashhur brendlar o‘zi ishlab chiqarish qilmay, balki aniq talablarni belgilab, buyurtmalarini bunga javob beradigan ishlab chiqaruvchilarga joylashtiradi. “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i bor mahsulotlar tashqi bozorlarda brendga aylanmagani uchun arzon sotilmoqda.
Endi mahsulotlarni faqat o‘zimizdan chiqib ketgunicha emas, balki ularni tashqi bozorlarda brend sifatida tanitish uchun sharoit yaratib berish zarurligi ta’kidlandi.
Savdo sanoat palatasi mato, uy tekstili, ichki kiyimlar, gilam, poyabzal, charm aksessuarlar, quritilgan va konservalangan meva-sabzavot, qandolat, lak-bo‘yoq, marmar, chinni, kafel, idish va santexnikalar bo‘yicha mashhur brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi 30 ta sorsing kompaniyasi bilan kelishuvga erishib, mahalliy korxonalar bilan bog‘lashi zarurligi aytildi.
Shuningdek, kelgusi yilda Xanoy (Vetnam), Los (Polsha), Ivanovo (Rossiya), Prata (Italiya) shaharlarida to‘qimachilik savdo uylarini ochishga topshiriq berildi.
Izoh (0)