Politico manbalariga ko‘ra, Ukrainada Amerikaning MQ-9 Reaper dronlariga qiziqish ortib bormoqda. Nashrning yozishicha, so‘nggi oylarda Kiyev AQSHdan birinchi navbatda mana shu dronlarni yetkazib berishni so‘ragan. Vashington rus harbiylari bu dronlarni urib tushirishi mumkinligidan xavotirda.
MQ-9 Reaper’ga bo‘lgan talab Ukrainaning yozgi harbiy rejalari bilan bog‘liq. Ukraina harbiylari front ortidagi Rossiya nishonlarini aniqlashning yangi usullarini izlamoqda.
Politico nashriga ko‘ra, urush boshlanganidan beri MQ-9 Reaper Ukraina so‘rovlarida ustuvor bo‘lgan. Kiyev ulardan ham zarba berish, ham razvedka uchun foydalangan. Hozirda Ukraina qurolli kuchlari Amerika dronlaridan faqat razvedka uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.
MQ-9 Reaper razvedka qiluvchi va zarba beruvchi dron hisoblanadi. Mazkur dron General Atomics Aeronautical Systems tomonidan ishlab chiqilgan. Turbovintli dvigatel bilan jihozlangan qurilma soatiga 400 km dan yuqori tezlikka erisha oladi. U 24 soat maksimal parvozga chidamli bo‘lib, havo-yer, havo-havo raketalari va lazer bilan boshqariladigan bombalarni tashishga qodir.
Izoh (0)