Rossiya Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga qarshi jinoiy ish ochdi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar bazasida Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy qidirilayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
“Qidiruv uchun asoslar: Jinoyat kodeksining moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgan”, — deyiladi Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar bazasida.
Zelenskiy Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining aynan qaysi moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgani ochiqlanmagan.
2023-yilning 17-mart kuni Xalqaro Gaaga sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergandi.
“Rossiya prezidenti, aholini (bolalarni) noqonuniy deportatsiya qilish va Ukrainaning bosib olingan hududlaridan Rossiya hududiga aholini (bolalarni) noqonuniy ko‘chirish kabi harbiy jinoyatlar uchun javobgardir”, — deyiladi Gaaga sudi bayonotida.
Bunga javoban Kreml Gaaga sudini tan olmasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)